Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə315/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI

259
«Epos» atamasi qadimgi yunonchadan olingan bo‘lib, so‘z, hikoya, qissa ma’nolarini 


anglatadi. Unda muallifning o‘zi aralashmagan holda voqeanavislik qilishi, ya’ni


ijodkorsub’ektdan voqelik-ob’ekt alohidalik tabiatiga egaligi eng muhim belgi hisoblanadi.
“Lirika” eposdan ko‘pincha qat’iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob’ektda emas,
sub’ektda berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli ajralib turadi. 
Ayni paytda ko‘lam nuqtai nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik muallifning
hissiyotlari prizmasidan o‘tib, idrok etuvchiga etib boradi; unda hajm eposdagidek katta ham 
bo‘lishi mumkin, lekin miqyos, ko‘lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning bir qismi
sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi.
“Drama” (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo‘ljallangan, matni
qatnashuvchilarning 
dialog
va

monologlari


asosiga

qurilgan,


voqelikdagi 
hayotiy
qaramaqarshiliklarni zididiyat holati (konflikt) orqali ifodalaydigan, san’atning nisbatan «sof» 
adabiy xili. Dramada lirikadagi sub’ektivlashish hodisasi yo‘q, eposdagi voqeanavislikni ham
uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi. 
SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko‘rmaymiz:
qahramonlar taqdiri dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og‘ir ko‘rgiliklar 
yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim bilan nihoya topadi.
YUqoridagi fikrlarimiz san’atni xillash bilan bog‘liq qarashlar edi. Endigi mulohazalarimiz 
san’at turlari xususida bo‘ladi.
Mazkur mulohazalarni hisobga olgan holda, biz, san’atning mavjudlik shartidan, ya’ni 
uning ma’naviy borliq sifatida namoyon bo‘lish holatidan kelib chiqib, ko‘pchilik tomonidan qabul
qilingan makon (me’morlik, haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon-
zamon (teatr, sirk v.h.) bo‘yicha tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at tarixiy
hodisa ekanini, u qadimdan tadrijiy rivojlanib kelganini, taraqqiyoti mobaynida o‘zgarishlarga 
uchraganini va ma’lum bir tarixiy davrda muayyan san’at turi faol, etakchi bo‘lganini nazarda
tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish hamma tomonni qamrab olomasligini 
hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham maqsadga muvofiq deb
o‘ylaymiz. SHundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san’at turlarini uch turkumga 
bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Bular:
1.

Arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda


bo‘lmagan.
2.

An’anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o‘z o‘rnini va ahamiyatini yo‘qotmay 


kelayotgan.


3.

Zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», yangi


san’at turlari.
Ushbu tasnifga ko‘ra, arxaik san’at turlari –an’anaviy san’at turlari – badiiy adabiyot,
baxshilik, me’morlik, ko‘rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, 
teatr, raqs, qo‘shiqchilik, estrada, sirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy
suratkashlik), kino, televidenieni o‘z ichiga oladi.
Mazkur ikki yo‘nalishdagi turkumlashtirish ma’lum ma’noda san’at turlarini
tasniflashtirishni estetik boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin