Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə69/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 

56
sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar. 




Virtual borliq – 

inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi 

interaktiv texnologiya
. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini 
maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti
egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish 
mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va
boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil 
harakat qiladi,uni o‘zgartira oladi.

Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar 

ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga 

keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan


belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi 
histuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy
tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va hokazo.Virtual borliqni 
odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir.
Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan 
shakllanadi. Virtual borliq ob’ektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud
bo‘ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson 
ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi, mazkur ongning
mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok 
etiladi. Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda.
Virtual borliqdan, eng avvalo, u vujudga kelgan sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar 
dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va
geografiya fanlarida foydalanilmoqda.Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq 
kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib
boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda. Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish jarayonida 
virtual borliq texnologiyasi, ayniqsa, qo‘l kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi –
kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini 
sinovdan o‘tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham
keng foydalanmoqdalar.Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini 
shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini
shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof-
muhitga katta zarar etkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o‘q
uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi harbiy 
o‘yinlardan foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan
o‘tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham 
kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.Ta’lim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual
borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. YAqinda virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish 
konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob
javonlarining vizual tasviri bo‘ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko‘zdan 
kechirishi, zarur holda esa, ulardan nusxa ko‘chirishi mumkin.Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar
boshqacha. Virtual muzey foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch 
o‘lchovli ko‘rinishida ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy echish qobiliyati ancha yuqori
bo‘lgan displeylarni taqozo etadi. Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot 
vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy
qismiga aylandi. Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish bizga rivojlangan 
jamiyatlarda tobora katta rol o‘ynayotgan yangi tajribaning cheksiz imkoniyatlarini qo‘lga kiritish
imkonini beradi, degan umid bilan bog‘liqdir. 


Virtual


borliq tizimlari bu tajribadan va insonning 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin