8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
116
inson nuqsonli mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi», deb ataydi. Fransuz
yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905–1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson
kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzod kelajagidir», deb
ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p
ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir
ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:
–
«aqlli mavjudot»;
–
«siyosiy hayvon»;
–
«tabiat gultoji»;
–
«hayotning boshi berk ko‘chasi»;
–
«hayotning soxta qadami»;
–
«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
–
«o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
–
«ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.
Inson qaerdan va qanday paydo bo‘lgani haqidagi ko‘p sonli g‘oyalar orasidan eng muhimlarini
ajratib olsak, ularning barchasini ma’lum darajada shartlilik bilan ikki asosiy konsepsiya
–
insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar
doirasida birlashtirish
mumkin.
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan
tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasi
dan kelib chiqadi. Bunda
inson jonsiz, keyinchalik esa –
jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli
sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya, 1859 yilda,
inson kelib chiqishining
tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan, CH.Darvinning «Hayvon va o‘simlik
turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evolyusion
nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida
erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini
sezilarli darajada o‘zgartirib,
aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni
g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi
.
Dostları ilə paylaş: |