Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə175/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

128
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar,


bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. 
Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni
bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor 
qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda
bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul 
o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat
masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa 
falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan
shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib
chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning 
olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan
iborat.


Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning 

kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda 

potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. 
Bashorat o‘z gnoseologik 
tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi
zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa

kelajakka yoki 


hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.

Kelajakni oldindan aytish usuli, 


teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra

bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik 


bashorat,1)

kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho-

rat.

Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi. 
Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil 
21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar
ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li ramzi 
muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni
kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni 
muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar. Shuningdek, Mayya qabilalari
qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki 
ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv
toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, 
bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu
astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima 
kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.

Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat 
va jamiyatda u yoki bu 
voqealarning tez

-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. 
Kundalik bashoratlarga 
xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh
botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab 
tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada
yomg‘irlar tugaydi. 


Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini 

kuzatishlarga asoslanadi. 
Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik 
unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bilimlarning
asosli ekanligini tan olmoqda.


Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir. 
Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan

va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. 


Holbuki, aqlni lol qoldiradigan

dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz 


tabibi Mishel

Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan.

O‘zining 





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin