13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
195
faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron
bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy
hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, er
osti va er usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, xatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga
olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlar
jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa joy topolmay okeanda, kemalarda suzib
yurgan radioaktiv chiqindilarki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota
yomg‘irlarini ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson bila turib o‘zi
o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni
kimyoviy zahardan ekologik tozalanishigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XX asr
kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida
endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang
bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorens:
“Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi
sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslikdir”, degan suzlari shu nuqtai nazardan ayni
haqiqat.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini
muqarrar halokatdan kutqapaman desa - XX asrdan boshlab etosfera davriga o’tishi kerak;
axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga
aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining o‘rni g‘oyatda beqiyos.