Конфуций. Уроки мудрости. –М.: «ЭКСМО», 2005 г. с. 46.
2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
23
Mustaqillik yillarida bir qator olimlarimiz ushbu kitobni tadqiqot qilishdi (T.Maxmudov,
G.Maxmudova, H.Homidiy, M.Ishokov va boshq.)
Tadqiqotchilarning yozishicha 21 kitobdan iborat bo‘lib, uning 7 kitobi dunyo va inson zotining
o‘tmishi haqida, 7
kitobi inson axloqi, uning huquqlari haqida, 7
kitobi tibbiyot, ilmiy-hay’at
hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo‘lgan.Bu asar zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining
muqaddas kitobi sifatida o‘zida ajdodlarimizning tabiat, borliq, olam, jamiyat, inson, uning hayoti,
axloqi, huquqlari, burchi kabi masalalar yuzasidan dastlabki diniy falsafiy qarashlarini ifodalaydi.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik
kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash olib boradilar. YAxshilik kuchlariga xudo Ahura
Mazda, yomonlik kuchlariga Axriman boshchilik qilishadi. Insonning hayoti, uning taqdiri, baxti
va baxtsizligi shu ikki kuch kurashi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladi. Bunda inson bu faoliyatining
sub’ekti sifatida emas, balki xudolar ta’sir ko‘rsatadigan ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda
kishilar o‘z amaliy ishlari va axloqiy fazilatlari bilan yaxshilikka moyil ekanliklari, ular yovuz
kuchlarga qarshi kurashda ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari lozim, aks holda
yomonlik tantana
qilib, ular abadul-abad azob-uqubatlarda yashashi mumkinligi aytiladi. Bunda kishilarning
yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlari va qarashlari ularning
amaliy faoliyati bilan
bog‘langan holda ko‘rsatilib, ular kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi, yo‘naltiruvchi kuchlar
sifatida ifodalanadi.
“Avesto”da insoniyat tarixi
haqida ham fikr yuritilib, unda aytilishicha, birinchi paydo bo‘lgan
odam
Dostları ilə paylaş: