Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 196,44 Kb.
səhifə12/16
tarix11.08.2023
ölçüsü196,44 Kb.
#139198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
II bob bo‘yicha xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimz mumkunki: Dinning kelib chiqishi borasida turli olim va mutafakkirlarning turli xil yondoshuvlari o’ziga xos nazariyalari mavjud.
Yuqorida urganib chiqqanimz Maks Veber, Emiel Dyurgeym,Ogyust Kont, Ernes G, Mishel Fugo ; Sharq mutafkkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy Burxoniddin Marg’inoniy va shu ka’bi ko’plab mutafakkir nazariyalari tub zamirida ding abo’lgan ishonch dinni asoslashga bo’lgan xarakat va tushunishga bo’lgan intilish yotadi.
Ko’plab diniy adabiyotlar nazariyalar , tushunchalar, yunalishlar barchasi insonni o’rab turgan jamiyatda ma’lim bir xaqiqatlar borligiga va shu xaqiqatlar inson oldiga o’tib bo’lmas chegaralar qo’yishiga ishora qiladi.Afsuski bugun “ommaviy madaniyat” deya nom ostida kirib kelayotgan tom ma’noda madaniyatsizlik mana shu chegaralarni buzib o’tmoqda.
Bu esa yoshlarning eng avvalo e’tiqodi , mafkurasi va shu orqali xayot yulini xam o’zgartirmoqda.
XXI asr ko’plab olamshumil ilm fan va texnika taraqqiy etgan davr bo’ldi. Ushbu davr insoniyat va ayniqsa yoshlar oldiga katta tanlov qo’ymoqda.
Ya’niki yangilik diniy bilimga ega bo’lmagan yoshlar ongida diniy va milliy qadryatlarni eskilik deya uqtirmoqda. Ammo biz yuqorida keltirilgan ma’\lumotlardan xam shuni bilishimz mumkunki aynanbiz faxrlanib nomini tilga oladigan ajdodlarimz Forobiy ,Amir Temur, Alisher Naviy, Beruniylar yuksak diniy e’tiqod va tarbiyaviy axloqiy qadiryatlar ulug’langan bir davrda yashab ilimning yuksak chuqqisiga yetishgan.
Bu esa qadryatlarni eskilik deya uzoqlashtrish xarakatlariga texnika va texnologiyalar taraqqiyoti xech qanday sabab bo’la olmasligini yaqqol ko’rsatadi.


III BOB. O’ZBEKISTONDA, YOSHLARNING TA’LIM TARBIYASIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

3.1 O’zbekiston yoshlari ta’lim va tarbiyasidagi asosiy muammolarning ma’naviy ko’rinishi

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda ta’lim tizimini isloh etishga katta e’tibor qaratildi va bugungi kunga kelib sohada ma’lum yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim tizimida, xususan, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar o‘zimizniki. Ammo globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko‘zdan qochirib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko‘ndalang qo‘ymoqda. Ta’lim tizimini muntazam isloh etish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta’lim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi kunning ham dolzarb talabi bo‘lib qolaveradi.


Bugun amaldagi ta’lim tizimimiz zamonaviy, rivojlangan davlatlardagi kabi globallashuv talablariga javob bera olayaptimi? Ta’lim tizimida yechimini kutayotgan qanday muammolar bor? Kadrlar tayyorlash milliy tizimining globallashuv jarayonida bozor talablariga to‘liq javob bermasligi, ta’lim tizimida o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi takomiliga yetkazilmaganligi, yuksak malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, hozirgi zamon talablariga mos o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar kamligi, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqaning zaifligi tizimdagi kamchiliklardan hisoblanadi. Bugungi kunda o‘quv muassasalarini bitirib chiqayotgan o‘quvchi va talabalarda mustaqil fikrlash layoqati to‘la rivojlangan, deb bo‘lmaydi. Ularda ilm-fan yutuqlariga, amaliyotga tayangan yechimlar qabul qilish uchun malaka va bilim yetarli emas. Shu bois maktab, kollej va akademik litseylarni bitirgan yoshlarimizning ko‘pchiligi mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topa olmayapti. Sir emas, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taxminan 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga birinchi yili o‘qishga kirmoqda, xolos.Shu bois qo‘shimcha ta’lim — repetitor xizmatiga katta ehtiyoj mavjud.
Ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular mehnat bozorining o‘zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashmagan. Ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlarining malakali kadrlarni tayyorlash, ish bilan ta’minlash jarayonidagi hamkorligi qoniqarli deb bo‘lmaydi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlari ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, ish beruvchilar bilan birgalikda keng muhokama qilinmaydi. Tizimdagi o‘qituvchi-pedagoglar katta qismining bilim va kasbiy salohiyati pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali, bilimdon, bozor talablariga mos pedagog kadrlarga ehtiyoj katta.
Ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining samarali hamkorligini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi sifatiga nisbatan korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish ham dolzarb masala sanaladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim. Kadrlar tayyorlash tizimini mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish talab etilmoqda.
O‘zbekiston sharoitida oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlashga nazoratning «Davlat, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari» nazorati va «Tashqi baholash» (DTM tomonidan) ishlari samarali faoliyat olib bormoqda, deya olmaymiz. Xususan, «Davlat, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari» nazoratining aynan, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari» qismi bo‘yicha faoliyati sezilarli darajada emas. 
Ta’lim sifatini ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda jamoatchilik va kadrlar buyurtmachilarining zamonaviy qarashlari va yondashuvlarini yanada takomillashtirishni talab etadi. Yevropaning rivojlangan davlatlari ta’lim tizimida qabul qilingan «Jamoatchilik va kadrlar buyurtmachilari» tamoyillaridan keng foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Xalqaro standartlar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, o‘qitish uslubiyatini muntazam takomillashtirish, ta’limning barcha bosqichlarida tabiiy-ilmiy va muhandislik fanlarini o‘qitishning amaliy tizimini joriy etish, o‘qitishning barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirish lozim. Shu bilan birga, pedagog va olimlarning xalqaro mehnat bozori sharoitlariga moslashishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. 
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSh, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin ushbu mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi.
Osiyo, Yevropa va AQShning rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olishida ushbu mamlakatlar universitetlarida zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarining qo‘llanishi asosiy rol o‘ynagan. Ularning fan, texnika-texnologiyalar sohasida boshqa davlatlardan tezda o‘zib ketganligining sababi shundaki, avvalo, ushbu mamlakatlarda erkin va ijodiy fikr qadrlanadi. Har bir insonga noyob iste’dod egasi deb qaraladi. Globallashuv jarayonida mamlakatimiz barqaror taraqqiyotini ta’minlashda ilm-fan, yangi texnika-texnologiyalar rivoji muhim rol o‘ynaydi. Quvonarlisi shuki, mamlakatimiz rahbariyati ushbu sohalarga katta e’tibor qaratmoqda. 
Kelgusida ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, mamlakatimizga xos xususiyatlar, qadriyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan modernizatsiya qilishimiz lozim. Hozir oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan malaka oshirish, chet el professorlarini O‘zbekistonga olib kelib ma’ruza o‘qitish, bakalavr va magistr dasturlarini rivojlangan mamlakatlardagi o‘quv dasturlariga yaqinlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ularning darsliklari, o‘quv standartlari tajriba sifatida qo‘llanilmoqda. Bu albatta, yaxshi tashabbus va shu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirishimiz lozim. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni rivojlantirish, ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish borasida xorijiy mamlakatlar (Yaponiya, Germaniya, Angliya, Frantsiya, Shvetsiya, AQSh)ning tajribalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi holatlar bilan qiyosiy tahlil qilinishi lozim. Bu o‘rinda ilg‘or mamlakatlarning oliy o‘quv dargohlari bilan xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalarni rivojlantirish, xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etish, xalqaro loyiha va dasturlarda qatnashish uchun buyurtmalar berish, mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga qo‘shilishini faollashtirish maqsadida olimlar va pedagoglar bilan o‘zaro fikr almashinuv jarayonini kuchaytirish lozim.
Ko‘plab mamlakatlarning universitetlarida xalqaro dasturlar, grantlar sohibi sifatida taklif bilan qatnashib, ma’ruzalar qilganman. Chet ellardagi ko‘plab iste’dodli o‘zbek yosh olimlarini taniyman. Ular bugungi kunda Osiyo, Yevropa, AQSh universitetlarida magistraturani tugatib, ilmiy ishlarini davom ettirib, fan doktorlari bo‘lib, o‘sha mamlakat universitetlarida, ilmiy-tekshirish institutlarida samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda. O‘zbekistonning salohiyatini jahonga tanishtirishmoqda. Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. 2016 yili Olmatada qishloq xo‘jaligi muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro konferentsiyada ma’ruzam bilan qatnashgandim. Konferentsiyada ushbu sohada rivojlangan xorij mamlakatlari universitetlarida, ilmiy markazlarida samarali faoliyat qilayotgan o‘nlab yosh olimlarimiz bilan tanishdim. Birgina Vashingtondagi Xalqaro oziq-ovqat ilmiy tekshirish instituti (IFPRI)dan kelgan uch nafar yosh fan doktori mazmunli ma’ruzalar qilishdi va konferentsiya raisligini ham olib borishdi.
Germaniya universitetlarida ko‘p marta bo‘lganman va o‘zbek yosh olimlari, yigitlari bilan uchrashganman. Bu yerda ham iqtidorli yoshlarimiz universitet va ilmiy markazlarda samarali faoliyat yuritishmoqda. 
Yaponiya hukumati granti asosida Kioto universitetida ikki oy davomida ilmiy safarda bo‘lganimda Tokio, Kioto universitetlarida yoshlarimizning ilm-fanning turli sohalarida ilmiy ish olib borishayotganiga guvoh bo‘ldim. Bularni ko‘rib quvonmasdan bo‘ladimi? 
AQSh, Yevropa mamlakatlari keyingi yillarda universitetlariga, ilmiy markazlariga jahonning barcha mamlakatlaridan talantli yosh olimlarni turli grantlar va dasturlar asosida taklif qilib, ularning ilmiy salohiyatidan foydalanib, o‘z mamlakatlari taraqqiyotini ta’minlamoqda. Oxirgi yillarda Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya ham turli dastur va grantlar bilan jahondagi rivojlanayotgan mamlakatlardan iste’dodli yoshlarni chaqirib olishmoqda.
Bular safida o‘zbekistonlik yoshlar ham bor. Ayni kunda biz ham rivojlangan mamlakatlar universitetlarida va ilmiy-tekshirish muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik iste’dodli yoshlarni mamlakatimizga taklif qilsak yaxshi bo‘lardi. Ular o‘z Vataniga kelib, mamlakatimizda ilm-fan, yangi texnika, texnologiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligiga va boshqa sohalar rivojiga hissa qo‘shadigan vaqti keldi. O‘ylaymanki, ushbu sa’y-harakatlar jonajon O‘zbekistonimizning juda ko‘p sohalarda jadallik bilan olg‘a siljishiga, pirovardida, yurtimiz ravnaqiga va xalqimiz farovonligiga olib keladi. 


Yüklə 196,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin