Ijtimoiy fanlar fakulteti


Psixologik xizmat ko’rsatish yo’nalishlari



Yüklə 459,92 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü459,92 Kb.
#169670
1   2   3   4   5   6
sultonov moxirbek (2)

Psixologik xizmat ko’rsatish yo’nalishlari: 1) psixoprofilaktika 2) psixologik maorif va ma`rifat 3) psixodiagnostika 4) psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya 5) psixologik konsultatsiya 1) Psixoprofilaktika - psixologik xizmat faoliyatining maxsus turi bo’lib, talaba va professor-o’qituvchilar uchun sog’lom psixologik muhit va shaxs rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Psixologik profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar: - insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta`minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish; - shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish. 2) Psixologik maorif va ma`rifat - talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish, pedagogik jamoada muomala shaklini takomillashtirish, talabalar bilan professor-o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilararo keng ko’lamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa a`zolaridagi psixologik zo’riqish va toliqishni yo’qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora- tadbirlarni tarkib toptirishga ko’maklashish. 3) Psixodiagnostika - psixodiagnostik tadqiqotlar talabalarni o’qishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta`lim tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi. Ushbu yo’nalish bo’yicha amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi: yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. Talabalarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlar, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’zini o’zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. 4) Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlari - amaliy psixologik xizmat doirasida talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor, muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korrektsion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi: - amaliy psixologning maxsus individual ishi; - talabalar guruhiga tarbiyaviy ta`sir o’tkazishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar; - ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish. 5Psixologik konsultatsiya - talabalar ta`lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma`muriyat, o’qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish; - ta`lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. 3.2. Psixologik xizmat metodlari turlicha bo’lishi mumkin: a) psixologik madaniyatni o’stirish va targ’ib qilish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma`ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish, ularni tarqatish; b) ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish; v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); d) psixologik maslahat berish; ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish. Uning ish rejasi prorektor tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.
2.PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHI


1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin