Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Tadbirkorlik subyektlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 241,17 Kb.
səhifə5/13
tarix29.07.2023
ölçüsü241,17 Kb.
#137865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi (2)

1.2. Tadbirkorlik subyektlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari.
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy bazasini rivojlantirishning asosiy sharti sifatida tadbirkorlik shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatidagi yangi maqomini belgilaydi. Bu jamiyatning muayyan tarixiy rivojlanish bosqichida unda shakllanadigan ijtimoiy me’yor hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy alomati bo‘yicha tadbirkorlik tuzilmalari yakka mulk egasi tomonidan ham, jamoa tarzidagi tadbirkor tomonidan ham taqdim qilinadigan jismoniy yoki yuridik shaxs maqomini olishi mumkin.
Qonuniy huquqlaming hajmi va tashkil bo‘lish tartibi bo‘yicha 0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari uch guruhga ajratiladi: tijorat yuridik shaxslar, notijorat yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tadbirkorlar. Tijorat yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng tadbirkorlik subyekti maqomini oladi. Ular unitar korxona, xususiy korxona, xo‘jalik jamiyati, xo‘jalik shirkati, kooperativ va boshqa shaklda tuzilishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, lekin olingan foyda ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanmay, ustavda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishga ishlatiladi (matlubot kooperativi, jamoat birlashmalari, ijtimoiy jam g‘armalar, muassasalar). Har bir fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o ‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs tashkil etmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tmay turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emas. Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanishi uchun ikki narsa talab qilinadi:
1) to‘liq ma’noda ishga layoqatlilik va huquqlaming cheklab qo‘yilmaganligi;
2) tadbirkorlik ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun kasbga doir tayyorgarlik va ko‘nikmalarga ega bo'lish hisoblanadi.
Davlat va jamiyat manfaatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, shuningdek, amalga oshirishda alohida tayyorgarlik va kasbga doir ko‘nikmalar talab qiladigan faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shug‘ullanish mumkin.
Bunday faoliyat turlari ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan va maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi tegishli qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan shaxslar ro'yxati ham tasdiqlangan.
Unga ko‘ra quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan: - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni himoya qilish organlari xodimlari; - davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, xizmat yuzasidan pul belgilari hamda bank va pul hujjatlariga bevosita aloqador shaxslar; - davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari hamda ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan o‘rinbosarlari; - davlat ta’minot va sotish korxonalari, tashkilotlarining rahbar xodimlari; - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va uni nazorat qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish vazifasini ham o‘taydigan davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislari;
Chakana, ulgurji-chakana savdo, umumiy ovqatlanish davlat birlashmalari va korxonalari, savdo boshqarmalari, trestlarining rahbarlari va ularning o'rinbosariari, bosh mutaxassislari, tuzilmaviy boiim lar boshliqlari, moddiy javobgar shaxslari.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tadbirkor maqomini berish obyektiv yoki subyektiv mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tadbirkorlik deganda, bir tomondan, kasbga doir bilimlar, tajribadan foydalangan holda oddiy kasb tarzida shaxs tomonidan biror kasb-hunarga asoslanib, ikkinchi tomondan, shaxsning o‘z nomidan mustaqil xo‘jalik arbobi sifatida amalga oshiriladigan faoliyat tushuniladi.
Bitimlar tuzishning kasb-hunarga oidligidan tashqari, shaxsga tadbirkor maqomi berishning sharti, uning o‘z nomidan harakat qiladigan mustaqil tadbirkor kasb-hunar egasi sifatida faoliyat ko‘rsatishi hisoblanadi. Biror jamiyat yoki kompaniya nomidan vakil sifatida ish yurituvchilar tadbirkor hisoblanmaydilar.
Tadbirkorlik subyektlarining asosiy huquqlari quyidagilar: - qonun hujjatlari ga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; - mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchi vositachilar va xaridorlarni tanlash; - tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish (ustun, monopol mavqega ega bo‘lganlardan tashqari); - o‘z mahsuloti va ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil belgilangan narxlar bo‘yicha va shartnoma asosida sotish; - binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish, ijaraga (shu jumladan, lizing asosida) olish; - belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va boshqalar.
Tadbirkorlik subyektlari yuqorida sanab o‘tilgan asosiy huquqlardan tashqari bir qator maxsus, qo‘shimcha huquqlarga ham ega: ularga firmaga nom qo‘yish, savdo belgisini tanlash va undan foydalanish, o‘z faoliyatini himoya qilish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, raqobatda g'olib chiqishning turli yo‘llari va vositalari mavjud: mahsulotning sifati, narxi, iste’molchilar talabiga mosligi, ularga mahsulotni tez va qulay tarzda yetkazib berish, g‘oyalami amalga oshirishda tezkorlik va boshqalar. Yana shunday ko‘zga tashlanmaydigan vosita borki, undan samarali foydalangan firmalar muvaffaqiyatga erishganlar. Bu tadbirkorlik, biznes falsafasidir. Falsafa odamlarning amaldayo‘1 tutish umumiy tamoyillarini ishlab chiqib, madaniyat va amaliyot umumiy konsepsiyasi sifatida hayotda muhim rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik sohasida ham u katta rol o‘ynashi mumkin. Tadbirkorlik falsafasi — bu tadbirkorlik to‘g‘risidagi umumnazariy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar yaxlit tizimi va uning asosida shakllantirilgan tadbirkorlikni tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirishga umumiy yondashuvdir. Demak, tadbirkor falsafasi o‘z ishiga madaniy-ma’naviy nuqtayi nazaridan yuksak mezonlar va andozalar asosida shakllantirilgan o‘ziga xos yondashuv hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik, biznes falsafasi, ayrim kompaniyalarda esa firma falsafasi u yoki bu darajada shakllantirilgan va amal qilib kelmoqda. 0 ‘zbekistonda ham tadbirkorlik milliy falsafasini yaratish payti keldi. Biz ana shunday falsafani shakllantirish borasidagi o‘z fikr-mulohazalarimizni quyida keltirib o'tamiz. 0 ‘zbekistonda tadbirkorlik milliy falsafasi quyidagi muhim tamoyillarga asoslanishi lozim: 1) insoniylik;


2) erkinlik;
3) mustaqillik;
4) tashabbuskorlik;
5) sifat va samaradorlik;
6) ijtimoiy mas’ullik;
7) qonuniylik.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimi markazida inson turadi. Bu tizimning asosiy maqsadi inson manfaatlari va kamoloti bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning har bir sohasi, tarmog'i, subyektining faoliyati pirovard natijada insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlikning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadi inson (tadbirkorlar, iste’molchilar, xaridorlar, mijozlar) ehtiyojlarini yaxshiroq qondirib, aholining turmush darajasi va farovonligini ko‘tarish hisoblanadi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat sohasi, turi, shakli va joyini, hamkorlar va xodimlar tanlashda to‘la erkin hamda o‘z mol-mulki va oladigan foydasini tasarruf etish, qarorlar qabul qilish va o'z faoliyatini yuritishda to‘la mustaqil hisoblanadilar. Ularning erkinligi va mustaqilligi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarda mustahkamlangan va kafolatlangan.
Faqat ulardan amalda to‘g‘ri foydalanish lozim. Tadbirkorlik - bu tashabbuskorlik, izlanuvchanlikdir. Ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan kishi haqiqiy tadbirkor bo‘lishi mumkin. Bunday tadbirkor mavjud holat va erishgan yutuqlari bilan kifoyalanib qolmay, doimo yangi-yangi imkoniyatlami izlab topish va ro‘yobga chiqarishda tashabbus ko'rsatadi. Tadbirkorlar yangiliklarni joriy etishda peshqadam bo‘lib. boshqalami ham ergashtirib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga katta hissa qo‘shadilar. Shuning uchun ham ulaming novatorlik missiyasi jamiyatda muhim rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlik - bu sifat va samaradorlikdir. Tashabbuskor, izlanuvchan tadbirkorlar xomashyo va materiallarning yangi turlari, ilg‘or texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish omillarining yangicha uyg‘unligi (kombinatsiyasi), faoliyatni tashkil etish va boshqarishga yangicha yondashuvlarni joriy etib, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va samaradorligini oshirishga erishadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchayib borayotgan raqobat sifat va samaradorlikni birinchi o‘ringa ko‘tarishni taqozo etadi.
Bozor talabi va uning o‘ zgarishlarini yaxshiroq anglab, unga tezroq 60 moslasha olgan tadbirkorlar raqobatda ustunlikka va natijada yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan shaxslar o‘z zimmalariga ma’lum ijtimoiy mas’uliyat ham oladilar:
jamiyat va uning a’zolarini, ularning manfaatlarini hurmat qilish, ularga ziyon yetkazadigan harakatlar qilmaslik, ijtimoiy sohadagi ishlar va aholini ijtimoiy qoilabquvvatlashda ishtirok etish va boshqalar. Tadbirkorlik ma’lum huquqiy muhitni talab qiladi va amal qilayotgan qonunlarga muvofiq tashkil etiladi, amalga oshiriladi, rivojlanadi. 0 ‘zbekistonda tadbirkorlik uchun huquqiy muhit, umuman yaratilgan va u takomillashib bormoqda. Respublikada jamiyatning demokratiya asoslari mustahkamlanib borgan sari tadbirkorlik sohasidagi ayrim ma’muriy-huquqiy cheklovlar qisqarib, ma’muriy aralashuvlar bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlari erkinligi va mustaqilligi kengayib boradi, Bu jarayon, o‘z navbatida tadbirkorlarning ham huquqiy madaniyatini ko‘tarib borishni taqozo etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, 0 ‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng tadbirkorlikka yo‘l ochilgan bo‘lsa-da, u shu o‘tgan qisqa vaqt ichida ancha rivojlanib, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Shuning uchun endi uning falsafiy asoslariga nazariy va amaliy jihatdan jiddiy e’tibor qaratishga ehtiyoj sezilmoqda.

Birinchi navbatda, respublikada tadbirkorlik milliy falsafasini yaratish, so‘ng esa uning asosida har bir tadbirkorlik subyekti o‘z falsafasini ishlab chiqishi va joriy etishi lozim bo‘ladi. Bunday zaruriyat bozor iqtisodiyoti va raqobatning rivojlanishidan kelib chiqadi. Mazkur yo‘nalishda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish ham foydali hisoblanadi.


Birinchi bo‘lib biznes falsafasi firma falsafasi ko‘rinishida Yaponiyada yaratilgan va joriy etilgan. Keyinchalik u G‘arb mamlakatlarida o‘z madaniy qadriyatlariga moslashtirilib qo‘llangan. Firma falsafasi quyidagi uch qoidaga asoslanadi:
1) firma falsafasini joriy etuvchilar ham, uni ro‘yobga chiqaruvchilar ham, firma muvaffaqiyatini ta’minlovchilar ham uning xodimlaridir;
2) firma ham misoli jonli organizm bo‘lib, unda yagona maqsad sari birlashgan odamlar ishlaydilar;
3) firma ham, uning xodimlari ham muntazam ravishda yangilanib, o‘zgarib, tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib boradilar.

Mazkur qoidalarni ro‘yobga chiqarish va firma falsafasini yaratishda har bir xodimning tabiati, qobiliyati, qiziqishi, intilish sabablarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Biznes nuqtayi nazaridan odamlar uch toifaga ajratiladi.


1. Iqtisodiy odam. Uning asosiy maqsadi ko‘proq pul topish bo‘lib, uni ishlatish uchun ko‘proq rag‘batlantirish va jarima usullarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Agar boshqa firma unga ko'proq pul va’da qilsa, u ishlab turgan joyini bemalol tashlab ketaveradi.
2. Ijtimoiy odam. Bunday odamlar o‘z kuchiga ishonmaydilar va davlatdan, firmadan homiylik kutadilar. Ulardan tashabbuskorlikni kutmasaham bo‘ladi.
3. Tashabbuskor odam. Ular o‘z imkoniyatlarini amalga oshiruvchilar bo'lib, yangi-yangi takliflar qiladilar va shuning bilan birga, moddiy manfaatdorlikka ham ahamiyat beradilar.
Bunday tabiatli kishilar firmaga sadoqatli, uning yaxshi-yomon kunlarida uni qo‘llab-quvvatlaydigan va farovonligini ta’minlaydigan odamlardir. Yuqoridagi g‘oyalar va fikrlar asosida shakllantirilgan va amal qilib kelayotgan firma falsafasini ayrim chet el firmalari misolida ko‘rib chiqish u bilan batafsilroq tanishishga imkon beradi.

Yüklə 241,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin