1.2Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati: Harakatlaming koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o'lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo'Isa, harakat etarli darajada aniq bo'ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi.
Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan Chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlami bajarishni, ikkinchidan harakat faoliyatini to'satdan o'zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo'lgan o'z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo'Isa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo'r berish va muskullami bo'shattirish yoki, aksincha, muskullami taranglashtirish qobiliyati va shunga o'xshash boshqa xususiyatlami tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak “Chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalaming umumiy to' plami yig’indisi tushuniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo'li yangi xilma-xil harakat malakalarini va ko'nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab bo'ladi va harakat analizatorlarining funktsional imkoniyatlariga samarali ta'sir ko'rsatadi. Yangi harakatlami o'zlashtirish uzluksiz bo'lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig’ida yangi harakatlami o'rganish rejalashtirilgan bo'Isa ham, o'quvchilarga vaqti-vaqti bilan o'zlariga ma lum bo'lmagan mashqlami bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki Yangi harakatlar (mashqlar) o'zlashtirib turilmasa shug’ullanuvchini harakatga o'rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlami tola o'zlashtirib olish shart emas, chunki u shug’ullanuvchilaming qandaydir YAngi harakatlami his qilib turishlari uchun zamr. Bu kabi mayda-chuyda harakatlami, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlami o'zlashtirib olish qobiliyati sifatidahar qanday ihtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo'lgani uchungina o'rganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning
chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish qobiliyati to'satdan o'zgargan sharoitdagi ta'sirlarga darhol javobning berilishi Chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o'zgarishi sodir bo'ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo'naltirilib yuklamani oshirish shug’ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. Ular engishi lozim bo'lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bo'linadi:
1 .Harakatlaming aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar;
Ulaming o'zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
Birdaniga, qisqa, o'zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko'proq foydalaniladi:
G’ayritabiiy, g’ayrioddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo'lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar va h.k).
Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo'l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).
harakatlar tezligi va sur'atning o'zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).
Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralami o'zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o'yinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tug’dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va hokazolar).
Qo'shimcha harakatlar kiritib mashqlami murakkablashtirish (masalan, erga tushish oldidan qo'shimcha burilishlar qo'shib, tayanib sakrash va boshqalar).
Tanish mashqlami oldindan rejalashtirmay, ma lum bo'lmagan tarzda qo'shib bajarish (masalan, gimnastik kombinatsiyalarini ko'rgan va o'qitgan zahoti bajarish musobaqasi va shunga o'xshashlar).
7. Juft va gruppa bo'lib bajariladigan mashqlarda shug’ullanuvchilarning bir- biriga ko'rsatadigan qarshiliklarini o'zgartirish (masalan, o'yinlarda turli taktik kombinatsiyalami qo'llash, mashqlami bajarishda tez-tez sheriklami o'zgartirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo'lgan sifatlaridan biri muskullami ratsional bo'shashtira bilishni o'rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma lum ma'noda muskullami ko'zg’alishi va bo'shashtirilishining natijasidir. Ko'zg’alishdek, bo'shashtirish (lozim bo'lgan muskulni, lozim bo'lgan payitda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o'ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtihcha bo'shashib turishi kerak bo'lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo'lgan bemalollik (bo'g’iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo'qqa chiqaradi.
Harakatni bo'g’iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo'ladi deb uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his hayajonga sabab bo'ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko'rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va h.k.) orqali sodir bo'ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funktsional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu diqqatni to'play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o'zgartirish qilishda kechikish, harakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo'ladi. Bu noqulayliklar bilan kurashish yo'llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo'lgan ma'lumotlami olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo'lishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo'ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) o'ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo'shashishga ulgurmasligidan sodir bo'ladigan taranglik; v) koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul bo' shashishi fazasida bir oz qo'zg’aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo'ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo'lishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan muskul tarangligini engish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o'rganiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlami bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo'lib, charchash sodir bo'lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to'liq tiklanishi uchun etarli bo'lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so'ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlami bajarish biz kutmagan natijani beradi.