Ijtimoiy fanlar


Aholi daromadlari va ularning turlari



Yüklə 161,35 Kb.
səhifə2/3
tarix07.11.2022
ölçüsü161,35 Kb.
#67856
1   2   3
iqtisod 2

Aholi daromadlari va ularning turlari.

  • Aholi daromadlari-bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir.
  • Daromadlar pul va natural shaklda bo’lishi mumkin. Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchu nish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividentlar, foyda, renta ko’rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk; chorva hayvonlari, tomarqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlari sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish uchun haqLar va hokazolardan tashkil topadi.
  • Ish haqi ko’pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan mamlakatda jami daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi –yollanib ishlovchilarning ishlab topgan daromadi, ishlovchilar va ularning oilasini boqish uchun ketadigan tirikchilik voistalarini xarid eti shva pul jamg’armasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Ish haqi uch qichmdan tashkil topadi:
  • 1.Asosiy ish haqi.
  • 2.Mukofot tarzidagi (bonus) ish haqi.
  • 3.Belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovi.
  • Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab, ish haqi brutto (umumiy) va netto (sof) ish haqiga bo’linadi. Brutto ish haqini yalpi, ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqi desa ham bo’ladi. Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan har xil to’lovlar chigirib tashlagandan so’ng, qoladigan sof ish haqi, ya’ni ishlovchining hamyoniga kelib tushadigan puldir.
  • Bajarilgan ishni o’lchami mezonga qarab ish haqi vaqtbay va ishbay (donabay) ish haqiga bo’linadi. Vaqtbay ish haqi ma’lum malaka va tajriba ega bo’lgan xodimning ishlagan vaqtiga, ya’ni necha kun yoki soat ishlaganiga, vaqt sarfiga qarab to’lanadi. Ishbay ish haqi muayyan malakali ishchi yaratgan sifati tovar miqdori yoki bajargan ish hajmi uchun oladigan haqidir. Uning miqdori mehnat unumdorligiga nisbatan to’g’ri mtanosiblikda o’zgaradi. Masalan, ishchiga bir dona mahsulot uchun 40 so’m ish haqi belgilangan. U bir ish kunida 5 dona mahsulot yaratsa, 200 so’m, agar ish unumini oshirib, 6 ta mahsulot yaratsa, 240 so’m oladi.

Yüklə 161,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin