Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o ‘rin tutadi.
Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki boMib, ularning shaxsiy yoki
oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli
asosan shaxsning yoki uning oila a ’zolarining mehnati asosida
ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirokidan, o ‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan
mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi
yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk obyektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli, uylar,
transport vositalari, pul jamg'armalari, uy-ro‘zg‘or, shaxsiy iste’mol
buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli
ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot hamda
boshqalar boMishi mumkin. “0 ‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
to‘g‘risida”gi
Qonunda
ko‘nsatilganidek,
savdo,
umumiy
ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining
boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar ftjqaro va ularning oila
a’zolarining mulki boMishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari
ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yoMida
ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |