Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ish
lab chiqarish munosabatlari birligi hamda o ‘zaro ta ’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy
va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish
vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur
bo‘lgan hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbosh
lash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - m ehnat vositalari,
materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqar-
ishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan
foydalanish, uni o ‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vu
judga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli
jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi
qo ‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni
o ‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari - mulk obyektini o ‘zlashtirishda qat-
nashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan
xususiy shaxslarga o ‘tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan
boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
122
www.ziyouz.com kutubxonasi
|