Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


-chizma.  Mulkchilik  shakllarining  tasniflanishi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/36
tarix12.03.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#53638
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
3-mavzu

2-chizma.  Mulkchilik  shakllarining  tasniflanishi.

Davlat  mulki  -   mulk  davlatga  tegishli  bo'lganda  mulkka 

egalik  qilish,  foydalanish  va  uni  tasarruf qilish  davlat  ixtiyorida 

bo‘ladi.  Davlat  mulki,  asosan  ikki  yo‘l  bilan  hosil  bo ‘ladi:

1)  xususiy  mol-mulkni  milliylashtirib,  davlat  qo'liga  olish;

2)  davlat  mablag‘lari  hisobidan  korxonalar  qurish,  davlatga 

qarashli  korxona  va  tashkilotlarda  investisiyalarni 

amalga 

oshirish.

Davlat  mulki  haqiqatan  ham  xalqqa  qarashli  bo'lgan, 

bo'linmaydigan  yoki  umumiy  resurslardan  foydalanish  uchun 

juda  mosdir.  Bunga  misol  qilib,  takror  ishlab  chiqarib 

bo‘lmaydigan  tabiiy  resurslarni,  yirik  inshootlar  va  transport 

vositalari,  yo‘llar  kabi  iqtisodiy  tuzilmaning  kattagina  qismini 

ko‘rsatish  mumkin.

0 ‘zbekistonda  Fuqarolik  Kodeksiga  muvofiq  davlat  mulki 

Respublika 

mulkidan 

va 


m a’muriy-hududiy 

(munisipal) 

tuzilmalar  mulkidan  iborat  boMadi.  Yer,  yer  osti  boyliklari, 

suv,  havo  bo‘shlig‘i,  o ‘simlik,  hayvonot  dunyosi  hamda 

boshqa  tabiiy  resurslar,  respublika  hokimiyati  va  boshqaruvi 

tuzilmalari  mol-mulki,  davlatga  qarashli  madaniy  va  tarixiy

106

www.ziyouz.com kutubxonasi




boyliklar,  byudjet  mablagMari,  oltin  zaxirasi,  valyuta  fondi 

hamda  boshqa  davlat  fondlari  respublika  mulki  hisoblanadi.

M a’muriy-hududiy  (munisipal)  tuzilmalar  mulkida  davlat 

hokimiyati  mahalliy  organlari  mol-mulki,  mahalliy  byudjet 

mablagMari,  munisipal  uy-joy  fondi  va  kommunal  xo‘jaligi 

korxonalari  va  boshqa  mulkiy  majmualar,  xalq  ta ’limi, 

madaniyat,  sogMiqni  saqlash  muassasalari  kabilar  mol-mulki 

boMadi.


Bozor 

iqtisodiyotiga 

o'tayotgan 

mamlakatlarda 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirish 

vazifasi 

davlat 


mulki 

monopoliyasini  qisqartirishni  taqozo  qiladi.  Chunki  sogMom 

bozor  iqtisodiyoti  davlat  monopoliyasi  bilan  chiqishmaydi, 

monopoliya  raqobatga  to‘sqinlik  qiladi.

Mulkni 

davlat 


tasarrufidan 

chiqarish 

oqibatida 

iqtisodiyotda  davlat  mulkining  ulushi  kamayib,  u  asosan jam oa 

mulkiga,  ayrim  hollarda  fuqaro  mulkiga  va  xususiy  mulkka 

aylanadi.

Davlat  korxonalarining  asosiy  fondlar,  ishlovchilar  soni,  yalpi 

milliy  mahsulot  va  milliy  daromad  yaratishdagi  hissasi  qisqarib, 

ayni  vaqtda  boshqa  mulkka  mansub  korxonalar  hissasi  ortib 

boradi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin