Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix12.03.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#53638
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
3-mavzu

Xususiylashtirish  -   davlat  mulkiga  egalik  huquqining  davlatdan 

xususiy  shaxslarga  o'tishidir.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish



7  1.Л.  Karimov.  «Valan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir».  T.3..  Т.:  «OV.bckiston»,  1996,  202-bct.

s  OV.bckiston  Respublikasinin":  Qonuni.  Davlat  kLsan'ulldan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

to’g ’risida  /   OV.bckiston  Rcspublikasi:  qonunkir  va  farmonlar.  -   Т.:  «OVbekiston»,  1992,  65-bct.

I l l


www.ziyouz.com kutubxonasi


xususiylashtirishdan  tashqari,  bu  mulk  hisobidan  boshqa  nodavlal 

mulk  shakllarining  vujudga  keltirishni  ham  ko'zda  tutadi.  U  bir 

qator yo‘llar bilan  amalga  oshiriladi:  davlat  korxonalarini  hissadorlik 

jamiyatiga  aylantirish,  davlat  korxonasini  sotib,  uni jamoa  mulkiga 

aylantirish;  mulkni  qiymatga  qarab  chiqarilgan  cheklar  (vauchcr) 

bo‘yicha  fuqarolarga  bepul  berish;  mulkni  ayrim  tadbirkor  va  ish 

boshqaruvchilanga  sotish;  ayrim  davlat  korxonalarini  chet  el  firma 

va  fuqarolariga  sotish  yoki  qarz  hisobiga  berish;  davlat  mol-mulkini 

auksionlarda  kim oshdi savdosi  orqali sotish  va h.k.

Xususiylashtirishning  usullari  ham  turli-tum an  bo'lib, 

ularni  3  guruhga  ajratish  mumkin:  1)  davlat  mulkini  bepul 

bo‘lib  berish  orqali  xususiylashtirish;  2)  davlat  mulkini  sotish 

orqali  xususiylashtirish;  3)  davlat  mulkini  bepul  bo ‘lib  berish 

hamda  sotishni  uyg‘unlashtirish  orqali  xususiylashtirish.

Bu  sanab  o ‘tilgan  usullarni  amalga  oshirishning  aniq 

shakllarini  4-chizm a  orqali  ifodalash  mumkin.

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylash-tirishning 

ko‘rsatib  o ‘tilgan  yo'llari  hamda  usullaridan  qaysi  birini  tanlash 

undan  kutilgan  maqsadga  bog‘liq.  Masalan,  Rossiyada  davlat 

mulkini  vaucher  orqali  bepul  taqsimlash  usuli  qo'llanildi.  Bundan 

ommaviy  xususiylashtirishdan  ko'zlangan  rnaqsad  qisqa  muddat 

ichida  cheklar  bozorini  joriy  etish  hisobiga  mulkdorlaming  g‘oyat 

keng 

qatlamini 



vujudga  keltirishdan 

iborat 


edi.  Agar 

tadbirkorlikni  rag‘batlantirish  ko‘zda  tutilsa,  xususiylashtirish  tanlab 

olingan  ozchilik  o‘rtasida  o'tkaziladi.  Agar  xususiylashtirish  chetdan 

kapitalning  kirib  kelishiga,  yo'l  ochishi  zaair  bo‘lsa,  davlat  mulkini 

xorijiy  tadbirkorlarga  berish  shaklida  amalga  oshiriladi.  Mulkni 

davlat  tasarrufidan  chiqarishda  ayrim  usullarga  ustuvorlik  berish 

boshqa  usullami  qo'llashni  rad  etmaydi,  aksincha,  ularni  ham 

qo‘llash  zarurligini  bildiradi.  Masalan,  korxona  jamoasiga  ustunlik 

berilib,  davlat  mulkini  aksiyalashtirish,  bu  aksiyalami  sotib  olishda 

shu jamoadan  tashqari  kishilar va chet el  kapitalining  ishtirok  etishi 

ham  bo‘lishi  mumkin.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish 

sharoitga  qarab  pulli,  pulsiz  yoki  imtiyozli  tarzda  o ‘tkaziladi.  0 ‘z 

shakli  va  usulidan  qat’i  nazar  bu  tadbir  xilma-xil  mulkchilikni 

vujudga  keltirishni  ta’minlaydi,  chunki  davlat  mulki  hisobidan 

nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari  rivojlanadi.

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

mulkchilikning  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qilayotgan  davlatning 

monopol 


hukmronligiga 

chek 


qo‘yib, 

jamiyatda 

faollik

112


www.ziyouz.com kutubxonasi


ko'rsatayotgan  erkin  tadbirkorlik  tashabbussiga  keng  yo‘l  va 

imkoniyatlar  ochib  berishdan  iborat.  Aslida  xususiylashtirish 

iqtisodiyotning davlat zimmasidan  soqit qilish  yo'llaridan  biri  boMib, 

davlat  mulkini  ma’lum  darajada haqiqiy egalari  -   fuqarolarga  berish 

demakdir.  Ko'pincha  xususiylashtirish  -   bu  davlat  mulkini 

ishlovchilarga  berish,  deb  talqin  qilinadi.  Aslida  mamlakatning 

barcha  aholisiga  davlat  mulkini  bo‘lib  berib  bo‘lmaydi,  bunda 

aholining  hammasi  mulkka  ega  bo‘lib,  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etish, 

uni 


bo^iqaridi 

ishlab  chiqarish  hamda  mahsulotni 

ayirboshlash  kabi  mashaqqatli  ishlami  o'z zimmasiga olavermaydi.

Davlat  mulkini  uning tasarrufidan  chiqarish jarayonida,  awalom 

bor,  xususiylashtirish  yo‘li  bilan  yaxshi  iqtisodiy  natijalarga erishgan 

mamlakatlar  tajribasidan  to'Iaroq  foydalanish  va  ular  yo‘l  qo‘ygan 

xatolar  takroiianmasligi  kerakki,  bu  bilan  bozor  iqtisodiyotining 

rivojlanishini  ta’minlashi  mumkin.  Xususiylashtirishni  amalga 

oshirish  uchun  davlat  mulkini  xususiylashtirishning  keng  ko‘lami 

dasturini  ishlab chiqarish  zarur.

Huquqiy  jihatdan  xususiylashtirilgan  barcha  korxonalarga  erkin 

iqtisodiy xo‘jalik yuritish  huquqi  berilishi  va davlat  sektori  bilan  teng 

imkoniyatlarga  ega  bo'lishi  kerak.  Davlat  sektoriga  nisbatan  bu 

korxonalarga  soliqlami  birmuncha  kamaytirish  va  ayrimlarini 

ma’lum  muddatga soliqdan ozod qilish  zarur.

Xususiylashtirish  natijasida  aholi  orasida  ijtimoiy  jihatdan 

tabaqalanish yuz beradi  va kishilarning bajaigan  ishiga qarab oladigan 

haqi  turlicha  bo‘lib,  aholining  daromadlarida  ham  tabaqalanish  yuz 

beradi.  Kishilar  turli  sohalarda,  masalan,  biznesda  turli  shakllardagi 

mulkka 


e g a

  bo’lib,  акэуа  sotib  olish  va  korxona  mulkida 



o ' z  

hissalarini  oshirib borishga  harakat qiladilar.

Xususiylashtirish  orqali  korxonalar davlat tasarrufidan  chiqarilib, 

ma’lum  jamoa  va  shaxslarga  sotilgandan  keyin  faoliyatlarini 

bozorning shafqataz  raqobat  qonunlari  asoada tashkil  etadi.  Bozor 

korxonalarining yashovchanligini va ularni  doimo  raqobat  kurashida 

o‘z  manfaatlarini  himoya  qilishga  m^bur  etadi.  Mabodo  korxona 

raqobat  kurashiga  dosh  berolmay  sinsa,  oldingi  davrdagidek  davlat 

byudjetidan 

mablag1 


hisobiga 

uni 


saqlab 

qolish 


hollariga 

xususiylashtirish  orqali  barham beriladi.

Xususiylashtirish  mulkning  bir  shaklidan  ikkinchi  shakliga 

o'tishni  aks  ettirmasiigi  kerak,  balki  xususiylashtirish  oldiga 

qo‘yilgan  vazifa  katta  bo‘lib,  ya’ni  xususiylashtirish  orqali 

avvalo  barcha  sohani  o ‘z  qaramog'ida  turli  uslublar  orqali  ,

113

www.ziyouz.com kutubxonasi




birlashtirib  turgan  davlat  hukmronligini  iqtisoddan  ajratish 

uchun  bir qancha  tadbirlami  ishlab  chiqish  kerak  bo‘ladi.




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin