Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/36
tarix12.03.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#53638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
3-mavzu

Ishlab  chiqarish  usuli  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  va  ishlab 

chiqarish  (iqtisodiy)  munosabatlarining  birligidan  iborat.  Ishlab 

chiqarishning  shaxsiy  va  moddiy  omillari,  ya’ni  ishchi  kuchi  bilan 

ishlab  chiqarish  vositalari  birgalikda jamiyatning  ishlab  chiqaruvchi 



kuchlarini  tashkil  qiladi.  Boshqacha  aytganda,  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlar -  bu  ijtimoiy ishlab  chiqarish jarayonida  kishilar bilan tabiat 

o‘rtasidagi  bog‘lanishni  amalga  oshiruvchi  shaxsiy  va  texnik- 

buyumlashgan  elementlar  tizimidan  iborat.  Ishlab  chiqaruvchi 

kuchlaming  rivojlanish  darajasi  ijtimoiy  taraqqiyotning  eng  muhim 

mezoni va  umumiy ko‘rsatkichidir.

Odamlar  ishlab  chiqarish  jarayonida  faqat  tabiat  ashyolari  va 

boshqa  moddiy  ashyolar  bilan  emas,  shu  bilan  birga  o‘zaro  bir-biri 

bilan  ham  munosabatlarda  bo‘ladilar,  ya’ni  ishlab  chiqarish 

munosabatlariga  kirishadilar.  Bunda  ishlab  chiqarishda  tarkib 

topadigan  tashkiliy-iqtisodiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  bir- 

biridan 


farq 

qiladi. 


Tashkiliy-iqtisodiy 

munosabatlar 

ishlab 

chiqarishni  tashkil  qilish  jarayonida  vujudga  keladi.  Mazkur 

munosabatlar  kishilar  o‘rtasidagi  aloqalar  sifatida  namoyon  bo‘lib, 

shu  bilan  birga  ishlab  chiqarish  holatini  bevosita  tavsiflaydi,  ishlab 

chiqaruvchi 

kuchlar 


taraqqiyoti 

muayyan 


bosqichlarining 

xususiyatlarini  va  ulaming  ijtimoiy  uyg‘unlashuvini  aks  ettiradi.  Bu 

masalan,  mehnat  taqsimoti  uni  ixtisoslashtirish  va  kooperasiyalash, 

ishlab chiqarishning to‘planishi  hamda  uyg‘unlashtirilishidir.

Ishlab  chiqarish  har  doim  muayyan  ijtimoiy  shaklga  ega 

bo‘ladi.  Bu  ijtimoiy  shakl  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni 

vujudga  keltiradi,  ulaming  mohiyati  va  asosini  ishlab  chiqarish 

vositalariga  mulkchilik  munosabatlari  tashkil  etadi.




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin