Ijtimoiy iqtisodiyot


KURS ISHINI TAQRIZGA TAQDIM ETISH VA HIMOYA QILISH



Yüklə 270,5 Kb.
səhifə6/10
tarix25.02.2023
ölçüsü270,5 Kb.
#85528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
КУРС ИШИ - УСЛУБИЙ КЎРСАТМАЛАР

KURS ISHINI TAQRIZGA TAQDIM ETISH VA HIMOYA QILISH

Tayyorlangan kurs ishi talaba tomonidan kafedraga taqriz uchun taqdim etiladi. Kafedra laboranti kurs ishini qaydnoma daftariga belgilab, rasmiylashtiradi va uni talabaning ilmiy rahbariga topshiradi. Talabaning ilmiy rahbari kurs ishiga taqriz yozadi. Unda kurs ishining ijobiy tomonlari va kamchiliklari ko`rsatiladi. Shuningdek, taqrizda kurs ishining kamchiliklarini yo`qotish bo`yicha tavsiyanomalar beriladi. Ilmiy rahbar tomonidan taqriz oxirida kurs ishiga xulosa berilib, unda kurs ishini himoyaga qo`yish yoki qo`ymaslik haqida hulosa chiqariladi.


Ilmiy rahbar ijobiy taqriz olgan talabalar kurs ishiga yozilgan taqrizda ko`rsatilgan kamchiliklarni yozma ravishda tuzatib, kurs ishi bo`yicha qo`yilgan savollarga tayyor holda kafedra tomonidan tuzilgan komissiya huzurida o`z ishlarini himoya qiladilar. Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor–o`qituvchilar va kurs ishi rahbari bo`lishi lozim. Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, so`ngra himoya yakuni bo`yicha komissiya qarori e`lon qilinadi. Kurs ishini o`z vaqtida topshirmagan va himoya qilmagan talabalar uni topshirgunlariga qadar "Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi" fanidan reyting ballarni qo`yilmasligiga asos bo`la oladi.
Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 20-30 daqiqa vaqt beriladi. Kurs ishini himoyasi prezentitsion shaklida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo`lib hisoblanadi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.
Kurs ishlari, qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, so`ng arxivga saqlash uchun universitet arxiviga ro`yxat asosida topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari ko`riklariga, tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma`lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.
7. ILOVALARNI KELTIRISH TARTIBI

Kurs ishininng “Ilovalar” qismi quyidagi hollarda o’rinli hisoblanadi:


- kurs ishi mavzusini yoritishda zaruriy qo’shimcha jadvallar, nizomlar, me'yoriy ma'lumotlar. Kompyuterda olingan materiallar, kurs ishi obyektini izohlovchi boshqa xujjatlar va materiallardan foydalanilsa;
- mavzuni yoritishda qo’llanilayotgan jadvallar, rasmlar va x.k. materiallar katta hajmli bo’lsa.
Har bir ilova uning kurs ishi matnida foydalanish tartibi bo’yicha nomerlanadi. Ilovaning tartib nomeri varaqning yuqori qismning o’ng tarafiga qo’yiladi.



Yüklə 270,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin