3
KIRISH
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi
va rivojlanishi jamiyat
taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy
munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib,
rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan
turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning
ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib
chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari
ko’rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir
bo’ladi. Shuning uchun bu erda mulkchilik
munosabatlarining mohiyati, mulk
shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida
mulk shakllarining o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin
ajratiladi.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan
bo’lib, u kirish, 2 bobdan iborat asosiy qism, xustlosa va foydalanilgan adabiyotlar
ruyxatidan iborat reja asosida tayyorlangan. 1- bob “ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va
mulkchilik munosabatlari” deb nomlanib, u 4 paragrafdan tashkil topgan. mazkur
bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
asosiy bosqichlari, iqtisodiy tizimlar,
ularning iqtisodiy moxiyati, o’ziga
xos xususiyatlari, shuningndek, ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlarining
amalga oshish xususiyatlari,
mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritilgan.
2 bob “O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
maqsadi, yo’llari va usullari” deb nomlangan bo’lib, u 2 paragrafdan iborat.
Mazkur bobda mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari yoritilgan
bulib, iktisodiyotning yangi bosqichga o’tishi jarayonida mulkchilik soxasidagi
yangiliklar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati yoritilgandir.
Shuningdek,
bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, jaxon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi
4
jarayonida O’zbekistonda mulkchilik munosbatlaridagi o’ziga
xos xususiyatlar
to’grisida to’xtanilgan.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar,
vaqtli
matbuot
materiallaridan
va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali
foydalanishga harakat qildik.