Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati. Suriya va Finikiya eng qadimgi dengiz va karvon yo`llar tutashgan erda joylashgan bo`lib qadim zamonlardan boshlab har tomondan qadimgi madaniy va qudratli davlatlar tomonidan muntazam ravishda istilo qilinib kelingan.Suriyadan janubi g’arbda Misr, SHarqda Bobil va Osuriya, shimoliy—sharqda Mitanni, shimolda Xett, Fanikiyadan G’arbda, ya`ni O`rta dengiz bo`yida joylashgan.
Suriya va Finikiya xududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar, (ayniqsa, It daryosi — Nahr al—Qalb burni yakinida olib borilgan qazishmalar) ibtidoiy mehnat qurollarining ko`pchiligi — pichoklar, belchalar, bigiz, iskana, nayza uchi kabilar ilk paleolit davriga oid ekanligini hamda ular chaqmoqtoshdan yasalganligini ko`rsatadi.
Finikiyaning qadimgi Bobil shahri hududida joylashgan qabrdan chakmoq toshdan yasalgan pichoklar, belchalar va birmuncha qurol keramika topilgan.
Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikdayoq finikiyaliklar vigir ekkanlar va undan mato tayyorlashni bilganlar. U vaktda dehqonchilik texnikasi juda sodda bo`lgan. Moti katta ahamiyatga yaga bo`lib, birmuncha vakt o`tgandan so`nggina juda sodda qo`rinishdagi omoch ishlatila boshlangan. Omochga odatda eshak buqa, ba`zan esa odamlar qo`shilgan. Donni hayvonlar va maxsus asboblar vositasida yanchganlar, bu esa dehqonchilik qurollarini rivojlantirishda birmuncha muvaffaqiyatlarga erishishga olib kolgan Masalan, qadimgi yorguchoqning asta-sekin tegirmon toshi bilan almashtirilganligi xam dehqonchilik madaniyatida rpvojlanish vujudga kelganligini kursatadi. SHu boisdan ham qadimgi Finikiya qadimgi SHarq mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblangan.
Oyna tayyorlash qadimgi Finikiyada ancha yuksalgan. Lekin ular oyna tayyorlashni misrliklar va osuriyaliklardan o`rganganlar. SHuningdeq finikiyaliklar eng yaxshi kemasoz ham bo`lganlar. Qadimgi Podshohlik davridayoq misrliklar kema turlaridan birini, «Bibl kemasi» deb ataganlar. «Finikiyaliklar» degan qabila nominiig o`zi ham «kemasoz» degan ma`noni bildiruvchi misrcha «fenexu» so`zidan kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin.
Finikiyaliklar vino, kedr moyi, chorva mollari, don, pardoz-andoz, dori-darmonlar ishlab chikarganlar, Finikiya yozuvining vujudga kelishi Finikiya madaniyatining eng ulkan yutug’i hisoblanadi. Finikiyaning qo`shni mamlakatlar bilan (ayniqsa, qadimgi Bobil va. Misr bilan) olib borgan savdo-sotiq ishlari yozuv sistemasining tez rivojlanishiga sabab bo`lgan. Finikiyaliklar o`z yozuv sistemasini yaratishda Bobil va Misrning qadimgi yozuv sistemasidan foydalanganlar. Bobilliklarning mixxati SHimoliy suriyaliklar tomonidan ancha soddalashtirilgan va natijada 24 alifbo belgisidan iborat SHimoliy Suriya mixxati vujudga kelgan.
Lekin Finikiya alifbosining paydo bo`lishiga Misr ieroglif yozuvining ta`siri ko`proq bo`lgan. Bu yozuvda 24 belgi bo`lib, ular ko`proq undosh tovushlarni ifodalagan. Xullas, Bobil mixxati v Misr ieroglif yozuvlaridan foydalanish natijasida ancha ixchamlashgan va takomillashtirilgan 22 belgidan iborat Finikiya yozuvi paydo bo`lgan. Finikiya yozuvining afzalligi, uiing nafaqat alifbo belgilaridan iboratligidir. Finikiya yozuvining ta`sirida qadimgi grek alifbosi vujudga kelgan. Natijada Finikiya yozuvi bugun Evropa yozuvlari uchun asosiy manba vazifasini bajargan.
Qadimgi Suriya va Finikiya qabilalarining diniy qarashlari dehkonchilik e`tiqodlari bilan chambarchas bog’liq bo`lgan. Masalan, Ras-SHamra shahridan topilgan qadimgi mifologik poemalarda arpani sug’orish, eshak va otni qo`shga qo`shish hamda tok novdalarini o`tqazishda bajariladigan qadimgi diniy urf-odatlar tasvirlab beriladi. Qadimgi finikiyaliklar etilgan boshoq shaklidagi o`lim xudosi Mot, hosil ma`budasi Anat, o`luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi Vaal hamda uning o`g’li Aliyyan kabilarga e`tiqod qilganlar. Aliyyan to`g’risidagi afsona «Vaal va Aliyyan» haqidagi poemada tasvirlanadi. Poemada yozilishicha, xudo Vaal uchun xashamati ibodatxona quriladi. Vaal ushbu ibodatxonada o`lim xudosi Mot ustidan g’alaba qozonganligini e`lon qiladi. Lekin Vaalni o`lim kelib bug’a boshlaydi. Natijada Vaal o`z o`g’li Anat bilan o`lim iskanjasida qiynalib, narigi dunyoga ravona bo`ladi. Tabiat o`ladi. So`ngra poemada o`lgan xudolar sharafiga ado etiladigan motamlar, hosil ma`budasi Anatning o`lim xudosi Mot bilankurashi, o`lgan xudolarning qidirish va nixoyat, Vaalning Motustidan g’alaba qozonishi hamda Vaalning tirilishi (tabiatning uygonishi) hikoya qilinadi. Bu qadimiy afsona hamda o`luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi e`tiqodlari keyinchalik Suriya va Finikiyada tarqalgan Adonis e`tiqodining kelib chiqishiga sabab bo`lgan.
Suriya va Finikiya hududlarida joylashgan ko`pgina shaharlar-Ugarit (Ras-Shamra), Bibl, Sayra, Aleppo (Xalpa), Katna va boshqa shaharlar hamda ko`pgina nbodatxonalar arxitektura-shaharsozlik nihoyatda rivojlanganligini ko`rsatadi.