Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə57/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   238
mehnat kodeksi

137-modda. Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi
Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
Agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati tugagach xodim yangi mehnat shartlarida mehnat qilishni rad etsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan unga ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan va 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda bekor qilinishi mumkin.
Agar o‘zining mehnat shartlari o‘zgartirilayotgan xodimlar soni ushbu Kodeksning 98-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorga teng bo‘lsa yoki undan oshadigan bo‘lsa, ish beruvchi xodimlar uchun mehnat shartlarining o‘zgartirilishi xususida kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan dastlabki maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Mehnat shartlari noqulay tarzda o‘zgargan taqdirda, ish beruvchi, agar mehnat shartlari yomonlashayotgan xodimlar soni ushbu Kodeksning 98-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorga teng bo‘lsa yoki undan oshadigan bo‘lsa, mahalliy mehnat organiga, shuningdek kasaba uyushmalarining hududiy yoki tarmoq birlashmasiga bunday o‘zgarishlarning sabablari to‘g‘risida axborot taqdim etishi shart.
Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartlari o‘zgartirilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli. Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rish chog‘ida avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin