Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə182/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   238
mehnat kodeksi

433-modda. O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlashiga, agar o‘rindoshning asosiy ishi xuddi shunday sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lsa (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno) va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o‘rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.
434-modda. O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlar
Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:
pasportni yoxud uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;
asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnomani;
bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga o‘rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani;
diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;
mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chog‘ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘g‘risidagi olingan ma’lumotnomani;
jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini.
Ichki o‘rindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan bo‘lsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish chog‘ida ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin