Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə60/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   238
mehnat kodeksi

144-modda. Ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga o‘tkazish
Agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 2, 4, 5 va 9-bandlarida, 489-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyat ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu Kodeks 168-moddasi birinchi qismining 4 yoki 5-bandiga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, xodimni boshqa ishga o‘tkazish tegishincha mazkur Kodeks 168-moddasining beshinchi yoki oltinchi qismi talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga (egallab turgan lavozimiga) muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi xodimga xodimning mutaxassisligiga mos keladigan, birmuncha kam malaka talab etiladigan ishni, bunday ish mavjud bo‘lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Agar tibbiy xulosaga muvofiq xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishga qarshi ko‘rsatma bo‘lsa, ish beruvchi xodimni tibbiy xulosaga mos keladigan boshqa ishga o‘tkazishni taklif etishi kerak. Bunda xodimga o‘zida mavjud bo‘lgan mutaxassislik va malaka bo‘yicha ish taklif etilishi, ish beruvchida bunday ish mavjud bo‘lmagan taqdirda esa boshqa ish taklif etilishi kerak.
Agar ish beruvchida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan doimiy xususiyatga ega ish mavjud bo‘lmasa, biroq muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha bajarilishi mumkin bo‘lgan ish mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimga shunday ishga o‘tishni taklif etishi shart. Bunday holda xodimni muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha boshqa ishga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasini ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
xodim ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda ish beruvchi taklif etgan boshqa ishga o‘tishni rad etganda;
ish beruvchida bo‘sh (vakant) o‘rinlar yoki xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan ish mavjud bo‘lmaganda;
xodim ushbu ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablariga muvofiq emasligi sababli uni boshqa ishga o‘tkazish mumkin bo‘lmaganda.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin