Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Majburiy tibbiy ko‘riklar



Yüklə 227,02 Kb.
səhifə17/24
tarix07.01.2024
ölçüsü227,02 Kb.
#205073
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
O‘RQ-410 22.09.2016

24-modda. Majburiy tibbiy ko‘riklar
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik]
Ish beruvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning va umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning, shuningdek bir qator kasblar va ishlab chiqarishlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 29.08.2012-y.).
Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, bunday muassasalar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan erdagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.
Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki ular o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish beruvchi ularni ishga qo‘ymaslikka haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 19-oktabrdagi 31-sonli buyrug‘i bilan tasdiqdangan “Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 3330, 02.11.2021-y.).
Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoitlari bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega.
Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Yüklə 227,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin