9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
xodimlarning dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklarini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini belgilaydi;
mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga beriladigan sutni (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini), davolash-profilaktika oziq-ovqatini, gazlangan tuzli suvni (issiq sexlarda ishlovchilar uchun) berish normativlarini belgilaydi;
xodimni yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazish uchun tibbiy va boshqa ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
xodim kasb kasalligiga chalingan deb gumon qilinganda uning mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyena tavsifini tuzishga doir talablarni belgilaydi;
kasb kasalliklarini aniqlash va xodimlarning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi darajasini aniqlash uchun yo‘llanma berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [TSZ: 1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]