3
Kirish
Axborot inqilobi sharoitlarida boshqaruv madaniyati, boshqaruv
bilimlarining shakllanish jarayoni tub sifat o’zgarishlari negizini tashkil qiladi.
Ularning mohiyati shundan iboratki, zamonaviy menejmentning diqqat markazida
«inson resursi» turadi. Zamonaviy menejmentning nazariya va amaliyoti
«kovboylik menejmenti»dan farqi o’laroq, boshqa
ijtimoiy kenglikda namoyon
bo’ladi. Fuqarolarning ijtimoiy mavqei, ularning ijtimoiy ehtiyojlari qondirilishi va
aholi turmush darajasini uzluksiz oshirib borish (ijtimoiy davlat), bozor
munosabatlari (ijtimoiy chegaralangan bozor), sinflar va ijtimoiy guruhlarning
o’zaro munosabatlari (ijtimoiy kenglik davlatning xulq-atvor me’yori bo’lib qoldi.
Shu narsa oydinlashdiki: aholining yuqori turmush
darajasi - nafaqat jamiyat
rivojlanishining asosiy maqsadi, balki yuqori sifatli va ishonchli mahsulot olish,
iqtisodiy muammolarni samarali echish mexanizmi hamdir.
Agar oldimizda «Milliy boylikning ko’payishini,
respublikaning
mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta’minlaydigan
qudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish» kabi
buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot Birinchi Prezidentimiz Islom
Abdug’aniyevich Karimov aytganlaridek, «strategik maqsadimiz bo’lgan huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning asosi»
ekanligini
e’tiborga olsak iqtisodiy ijtimoiy boshqaruvdagi muammolarimiz naqadar ko’pligi
va murakkabligi yanada ayon bo’ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning “O’zbek modeli”. Birinchi navbatda
iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligida
o’z ifodasini topgan
pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi
vazifasini o’z zimmasiga olishi, qonun ustivorligini ta’minlash,
kuchli ijtimoiy
siyosat olib borish, islohotlarni bosqichama-bosqich va vazmin bilan amalga
oshirish. Bugungi boshqaruv amaliyotida nafaqat ijtimoiy ustuvor yo’nalishlar
aniqlanmoqda, balki ijtimoiy texnologiyalar ham ishlab chiqilmoqda (axborot,
tashkiliy, ma’muriy, me’yoriy-huquqiy). Boshqaruvning ijtimoiy sohasi ham ta’sir
ob’ekti, ham sub’ekti
nuqtai nazaridan mustaqil, ko’ptuzulmaviy va ommaviy
bo’lib bormoqda. Bu sohada aloxida boshqaruvchi - menejer mutaxassisligi paydo
bo’lmoqda. Shuning uchun bunday sharoitlarda ilmiy bilim sohalari ichida
ijtimoiy menejment tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
U ijtimoiy jarayonlarga samarali ta’sir etishga, boshqarishning o’sishi,
mutaxassislarni kelajakda nazariy va amaliy bilimlarini kafolatlashga inson uchun
qulay ijtimoiy sohaning shakllanishiga ta’sir etishga,
ijtimoiy tashkilotlarni
loyihalashtirishga imkon beruvchi nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish
sohasidir.
Dostları ilə paylaş: