«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
 
 
 



I. O’QUV MATERIALLARI 
MA’RUZA MATNLARI 
 
1-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING SHAKLLANISHI 
 
REJA: 
1.1. O’zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “2017—2021-yillarda 
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
“Harakatlar strategiyasi” loyihasi va loyiha maqsadlaridan kelib chiqqan 
holda fanning maqsadi va vazifasi.
1.2. “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” Davlat 
loyihasidan o’rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. 
1.3. Ilg’or o’zgarishlar davri. 
1.4. Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qaramak-qarshiliklar 
1.5. Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi 
 
1.1.O’zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “2017—2021-yillarda 
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi” loyihasi va loyiha maqsadlaridan kelib chiqqan 
holda fanning maqsadi va vazifasi. 
O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda 
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini tasdiqladi
1
. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni 
tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni 
muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab 
chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng 
muhokamasidan o‘tdi. 
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri 
bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini 
tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili deb e’lon qilindi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin