«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


“Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” Davlat



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1.2. “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” Davlat 
loyihasidan o’rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. 
Inson taraqqiyoti kontseptsiyasiga ko’ra, jamiyatning rivojlanishi markazida 
faqat oddiy iqtisodiy ko’rsatkichlar emas, balki avvalo, inson turishi kerak. 
Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – 
odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof 
etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq 
qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. 
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz rahbari 
tomonidan 
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar 
strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishining biri 
“Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” Davlat loyihasidan o’rin olgan ijtimoiy-
iqtisodiy masalalar quyidagilardir. 



1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam 
ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini 
yanada kamaytirish; 

budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy 
nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich 
oshirish; 

yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va 
oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori 
infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini 
kamaytirish; 

mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga 
uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga 
muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
tizimini kengaytirish. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin