3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l- transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar
va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini
imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda
arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini
oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali
zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda
aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojini ta’minlashni tubdan
yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy
chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish,
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chiqindini yo‘q qilish bo‘yicha
zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish
xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni
qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom
ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo
qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini
modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator
punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan
ta’minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni
kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida aholini elektr
energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash.