«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ijtimoiy menejment muammolari



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

6.2.Ijtimoiy menejment muammolari 
 
Ijtimoiy menejment muammolarini o’rganishda quyidagi yondashuvlar 
farqlanadi:


66 

aniq - tarixiy.
Bu ijtimoiy boshqaruv munosabatlarini ularga ta’sir 
qiluvchi omillar ta’sirida o’zgarish va rivoj-lanish xolatida bo’lgan jarayonlar 
sifatida o’rganishga imkon beradi; 

majmuaviy.
Bu boshqaruv munosabatlarini o’rganishda iqtisodiy, huquqiy, 
ijtimoiy - psixologik va boshqaruv muno-sabatlari taxliliga boshqa yondashuvlar 
o’zaro aloqadorligini nazarda tutadi; 

jihatli.
Bu biror bir mahsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, 
psixologiya va h.k.) tomonidan mahsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida 
namoyon bo’ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni, bir xususiyatini 
o’rganishga imkon beradi; 

tizimli.
Bu ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizim-chalarni umumiy 
maqsadli elementlar bilan birlashgan yagona majmua sifatida qarashga, tizimnmng 
xususiyatlari, uning ichki va tashqi aloqalarini aniqlashga imkon beradi. 
Ijtimoiy 
menejmentning 
samarali 
usullariga 
modellash-tirish 
(turli 
ko’rinishdagi modellar qo’llaniladi: fizik, grafik, matematik va boshqalar), tajriba-
sotsiologik va psixologik (so’rovlar, testlar, kuzatuvlar va boshqalar), shuningdek, 
iqti-sodiy-ijtimoiy usullar (dasturlash, o’yinlar nazariyasi, axborot nazariyasi va 
boshqalar) kiradi. 
Uslubiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi xodisalar, tizim-lar va boshqaruv 
jarayonlari xaqida bilim olish uchun yanada samarali yo’llar, yondashuvlar va 
usullarni ishlab chiqishdan iborat. 
Boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi: 
- boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar, ya’ni bevosita ijtimoiy 
boshqaruvning sub’ekt va obyekti o’rtasidagi munosabatlar; 
- boshqaruvchi tizim ichidagi boshqaruv munosabatlari: boshqaruv 
pog’onalari, darajalari o’rtasida (vertikal aloqa); har bir pog’onaning boshqaruv 
bo’g’inlari o’rtasida (gorizontal aloqa); 
- rahbar va qo’l ostidagilar o’rtasidagi munosabatlar: har bir boshqaruv 
zvenosida, turli boshqaruv bo’g’inlarida. 
Undan tashqari, ijtimoiy boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi: 
- soha, region, sohalararo, hududiy - sohaviy, hududlararo; 
- tashqi (atrof muhit bilan munosabatlar) va ichki (tizim elementlari 
hamkorligi munosabatlari); 
- tizimlararo va aralash, shuningdek, jamoaviy va individual; 
- vaqtinchalik va doimiy, bevosita va bilvosita; 
- chiziqli, funktsional va aralash. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin