Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari, maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga bo’linishi mumkin. Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish;
2. Bolalar sog’ligini saqlash;
3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash;
6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
7. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati yo’lida yetarli ta’lim olish;
8. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish:
9. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini shakllantirish.
Etim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yetimxonalar mavjud. yetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning maqsadi qiyin hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish.
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir.
Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda keng qamrovli ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik muammolarning borligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zaruriyati tug’iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi jiddiy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli rivojlanmagan. Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab shuki ularni katta odamning o’zi jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.
Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida ayniqsa shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi. Buning sababi-bolalar uyida bola bilan kattalarning muloqot qilishi oiladagidan kamroqdir. Bolalar uyida bolaga kattalar kamroq e’tibor qaratishadi, aniqrog’i ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va kattalar muloqatining emotsional boyligi darajasi oilanikidan pastdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchun bolalar uyidagi kundalik faoliyati, u yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar yorqin namoyon bo’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalarning oiladagi sabablari esa ancha sermahsuldir.
Mativatsion sahaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarning yashash sharoitlari va ularning kattalar bilan yetarli muloqat qilmasliklariga bog’liq. Bu jihat turli nizoli vaziyatlarda ayniqsa yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalar manfaatlarining to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va tengdoshlari tomonidan tushunilmasligi va hokazo.
Bu holatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin. SHunday qilib olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq-atvor va ehtiyoj sohasini aniqlashdi.
O’smirlik yoshida bu sabablar o’smirning tengdoshlari orasida o’rnini topishga, o’z “men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va mativatsion tavsiflariga bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar uylarida to’liq sog’-salomat bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida nogironlar ham uchrab turadi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, narkomaniya kabi holatlar xosdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyachilar, psixologlar, shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi-bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi: