Ijtimoiy pedagogika Ishontirish metodi Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika yunoncha paidagogike bo’lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman»



Yüklə 21,11 Kb.
səhifə1/2
tarix30.01.2023
ölçüsü21,11 Kb.
#81638
  1   2
MT 1


Ijtimoiy pedagogika Ishontirish metodi
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi». Didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni berishga yo’naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o’zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo’ladi. Maxsus ta’lim — o’zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko’ra maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo’linadi.
Tarbiya nazarivasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi.Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, lining hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
1. Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.Shaxsni hartomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelibchiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.


  1. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim – tarbiya usullari bilan qurollantirish.


  2. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni seeta’minlashning pedagogik shart- sharoitlarini o’rganish.O’qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish.Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.




Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriva deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni hartomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim —o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot — ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’Iadigan rniqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Mavzu: MTT bolalarning moslashuv ko'nikmalarini shakillantirish texnalogiyalari
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar,
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar,
dunyoning g`oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o`zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni
shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ta‘lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham
bevosita ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, jahon maydonida o`z bilimi orqali
raqobatlasha oladigan, o`zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan, Vatani hamda millatiga
nisbatan mehr-muhabbat tuyg`ularini maktabgacha ta‘lim tarbiyachilarida shakllantirishga
yo`naltirilgan.
Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning birlamchi, eng asosiy bo`g`inidir.
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko`ra, inson o`z umri davomida oladigan barcha
axborot va ma‘lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo`lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning
sog`lom va bilimli, yetuk kadrlar bo`lib voyaga yetishida bog`cha tarbiyasi juda - muhim o`rin
tutadi.
Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil
Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil
topishi va rivojlanishi. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy,
psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda
muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini
yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha
ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi

Mavzu:Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari


Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. Ya'ni, bola shaxsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro‘y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘lik.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.
O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi «og‘ish»lar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me'yorlar (talab va ta'qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida - o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni o‘z sog‘liklarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida – o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;


Yüklə 21,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin