Ijtimoiy pedagogika


II-BOB. Xalq pedagogikasi yosh avlod tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar in’ikosi



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə6/7
tarix24.05.2022
ölçüsü57,69 Kb.
#59217
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek xalq pedagogikasida oilaviy tarbiyaning o\'rni

II-BOB. Xalq pedagogikasi yosh avlod tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar in’ikosi.


2.1. Xalqimiz oila ma’naviyatiga yuksak qadriyat sifatida alohida e’tibor bilan qaraydi. Oila doimiy mehru muhabbat, izzatu hurmat mujassam boMgan, oila a ’zoiari bir-birlarini sevadigan, suyanadigan bir maskan sifatida e’zozlangan. Chunki aynan oilada mehr-shafqat, muhabbat, muruvvat va oqibat tushunchalari farzand ongiga murg‘akligidanoq singdiriladi, shu bois ham har bir inson uyiga, oilasiga talpinadi. M a’naviy komillik, milliy tarbiyaning bosh va betakror o‘chog‘i ham bolani doimiy o‘rab turgan ijtimoiy muhitning bir boMagi boMgan oiladir. Bu haqda Abdurauf Fitrat «Rahbari najot» asarida shunday yozgan edi: «Suv qaysi rangdagi idishda boMsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham qanday muhitda boMsalar, o‘sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko'proq yaxshi va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o ‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar»30. Ma’rifatchilardan biri Rizouddin ibn Faxriddinning «Insonlaming dinu-dunyolarini tuzatmoq matlub boMsa, eng avval go‘zal xulqqa ega boMmoq ila oilalami tuzatingiz. Oilalar tuzalganidan so‘ng din ham, dunyo ham tuzaladi»31- degan gaplarida katta bir haqiqat ifodalangan. Davlatimiz rahbari oilaning muqaddasligi haqida quyidagi fikmi bildirganlar: «Har qaysi millatning o ‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘mi va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan m a’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalaming poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo boMadigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlaming negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi.»32 Dono xalqimiz uzoq asrlar davomida yaratgan oila ma’naviyati bilan bog‘liq farzandlarni axloqiy tarbiyalash usul va vositalari, insoniy fazilatlar qoidalari xalq pedagogikasi manbalarida o‘z aksini topgan. 0 ‘zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlami shakllantirish uchun birinchi navbatda oila a’zolari - ota-ona, aka-uka, opa-singil va oiladagi kattalarga bo‘lgan mehr-muhabbat hissini tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko‘rinadi. Oilada bolalarning kattalarga bo‘lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib topadigan ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi. Oilada bolalami axloqiy tarbiyalashdf. xalq donishmandlarining odob va axloq haqidagi hikmatli so‘zlari hamda xalq og‘zaki ijodining turli janrlaridan o ‘rinli foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Xalqimiz yaratgan maqol, matal, ertak, afsona, qo‘shiq, rivoyatlarda farzand tarbiyasiga oid qator maslahat, pand-nasihatlar mavjud. Jumladan, «Oqillik» rivoyatida oiladagi ahillik - rohat-farog‘atning garovi ekanligi ta’kidlanadi: Bir shaharda piru-badavlat, nihoyatda ittifoq bir oila yashar ekan. Oilaning butun tasarrafi tabarruk Bobo ixtiyorida bo‘lib, farzandlar, nevara-chevara, jami qirq jon bir hovlida yashab, bir qozondan ovqatlanishar, hammalari oila boshlig‘ini tavof etarkanlar. Ittifoqlik tufayli oila nihoyatda boyib ketibdi, kundan-kun davlati ziyoda bo‘laveribdi, xonadon ahli rohat-farog‘atda yashayveribdilar. Shaharda bir olijanob donishmand yashar ekan. Kunlardan bir kun oila sarkori - Boboni ana shu donishmand sinamoqchi bo‘libdi-yu, atayin uning o‘zi uyida yo‘qligida kelib, hovli darvozasini qoqibdi. Boboning nevaralaridan biri darvozani ochib, mo‘ysafid qariyaga ko‘zi tushib, unga hurmat bilan salom beribdi, uni uyga taklif etibdi. -Bobongiz uydamilar? - debdi donishmand. - Yo‘q edilar. Ichkariga kirib tura qoling, hozir kelib qolarlar!- debdi nevara iltifot bilan. -Rahmat, bolam! Vaqtim ziqroq! Senga bir omonat gapim bor, shuni Bobong kelsalar, albatta aytgin va javobini olib qo‘ygin! Aytginki: «Ittifoqjon va Davlatjonning birlari ketadigan bo‘lib qolishibdi. Davlatjon qolib, Ittifoqjon ketsinmi yoki Ittifoqjon qolib, Davlatjon ketsinmi?» - deb so‘radilar, degin. U kishiga mana shu gapning javobini aytarkansiz, deysan, uqdingmi? Men yana kelaman, - debdi donishmand. Nabira o ‘z bobosi kelishi bilan donishmand kishi tayinlab ketgan gapni unga aytibdi. Bobo bir lahza mushohada qilgach, nabirasiga debdi: -Agar o ‘sha mo'ysafid bobo yana men yo‘qligimda kelib qolsalar, «Davlatjon ketsalar bosh ustiga ekan, lekin Ittifoqjon aslo ketmasin ekanlar», deb aytgin, deya tayinlabdi. Kunlardan bir kun o‘sha donishmand bobo yana kelib darvoza zulfini qoqibdi. Darvozaxonada yana o‘sha nevara paydo boMibdi. Donishmand undan omonat gapining javobini so'rabdi. Nevara ko‘zlari yonib: «Bobom aytdilarki, Davlatjon ketsa ketaversinlaru, lekin Ittifoqjon aslo ketmasinlar ekan.» - debdi. Donishmand javobdan xursand bo‘lib, mamnuniyat bilan soqollarini silabdi. -Bobongga ayt! - debdi u viqor bilan. - Davlatjon ham, Ittifoqjon ham endi hech qaerga ketmaydigan bo‘libdilar, degin. Ittifoqjon hukmron bo‘lgan yerdan hech qachon, hech kim hatto qo‘liga kaltak olib haydasa ham Davlatjonni ketkaza olmaydi! Buni sen ham yodingda tut! Donishmand kishi oila sardorining oqilona javobidan ko‘ngli yayrab, unga tahsinlar o‘qib, qutli-barakali hovliga mehr bilan boqaboqa, o‘z yo‘liga ravona bo‘libdi. Bu rivoyatdan «Qayerda ittifoqlik xukmron ekan, Bilki davlat ziyoda, hayot ham ko‘rkam», - degan xulosaga kelishimiz mumkin. Xalq pedagogikasida ota-ona o ‘z farzandini sevishi, erkalashi, ardoqlashi zarurligi, lekin me’yoridan orttirib taltaytirmaslik kerakligi, aks holda uning yomon oqibatlari haqida ham turli misollarni uchratishimiz mumkin. «Ahdning tug‘ilishi» rivoyatida aynan shunday erka-tantiq farzand haqida so‘z yuritiladi: «Bir kishining yakka-yu yolgMz farzandi bo‘lar ekan. Arzanda boMgani uchunmi, u erka-tantiq bo‘lib o ‘sibdi. Kap-katta bo‘lsa ham bir ishning boshini ushlay demabdi, ota-onasining yelkasida ogMr yuk bo‘lib yuraveribdi. Ota o‘g‘lini juda ko‘p hunar egalariga shogirdlikka beribdi, lekin arzanda biror kasbni egallash uchun hech yerda qo'nim bilmabdi, ishga bo‘yin yor bermay juftakni rostlab qolar, jonining huzurini ko‘zlar ekan. Shunday bo‘lavergach, ota bolasini endi hunarli emas, savodxon mullo bo‘lsin deb, katta bir domlaga o‘qishga beribdi. limning nozik va zahmatli talablariga arzanda o‘g‘ilning sabr va irodasi dosh berolmabdi. «Domlanikidan ham qochib uyga borsam, otam baribir meni qayergadir eltib beradi», - deb o‘ylabdi va shahardan olisdagi hilvatroq yerlarga ketib qolibdi. Yo‘l yuribdi, mo‘I yuribdi. Bir o‘rmon chetiga yetib kelib, daraxt ostiga yonboshlabdi va atrofni diqqat bilan kuzata boshlabdi. Shu payt shundoqqina oyoqlari orasidagi chuqurcha ichiga tushib qolgan donni bir chumoli urinib tepaga qarab chiqarayotganini ko‘rib qolibdi. Qizig‘i shunda ediki, chumoli jonivor donni ming mashaqqat bilan tepaga sudrar, don endi chuqur og‘ziga kelganda quyiga dumalab ketar, chumoli yana uni tishlab olib yuqoriga tortar, don esa yana pastga dumalar edi. Bolaning butun fikri-zikri ana shu chumolida bo‘lib qolibdi. «Qani, oxiri nima bo‘larkin» degan fikr uni shu yerga mixlab qo‘ydi. Kun tushdan o‘tibdi, chumoli hamon donni tortib chuqur og‘ziga olib chiqaverar, bir bahya qolganda esa don yana sirpanib chuqurcha tubiga tushib ketaverarmish. Kun bota boshlabdi. Biroq chumolining don uchun kurashi hanuz davom etaveribdi. Bola ham bu savdo bir yoqlik bo‘lmaguncha shu yerdan jilmaslikka qaror qilibdi. Kun botay deganda, qarangki, mehnatkash, tirishqoq chumoli axiri donni chuqurcha ichidan tortib olib chiqishga muvaffaq bo‘libdi. Bola ham o‘zicha zahmatkash chumolini g‘alaba bilan tabriklagan bo'libdi. Juda katta mehnati evaziga qo‘lga kiritgan nasibasini sudrab ketayotgan chumoliga havas bilan tikilib turgan arzandaga bu hodisa, negadir, qattiq ta’sir etibdi. «Oddiy chumoliki, bir dona yemish uchun kun bo‘yi tirishib mehnat qildi. Qanchalar qiyin boMmasin, maqsadi yo‘lidagi ahdidan aslo qaytmadi. Shu chumoli oldida men kim degan odam boidim , axir!» - degan ajib bir o ‘y uning qalbini kemirib o ‘tibdi. Chumolining harakatini ko‘rib, hamma muammo harakat bilan, g ‘ayrat bilan hal etilishini bola qalban his etibdi. Arzanda ortiga qaytib, o‘z domlasi huzuriga kirib boribdi. So‘roqsiz ketib qolgani uchun ustozidan sidqidildan uzr so‘rabdi. Bola arzandalikning zararli xulq-atvorlarini o‘zidan soqit qilib, ilm chashmasiga sho‘ng‘ibdi.» Oila, oilada farzandning o‘mi haqida ham qator xalq maqollarini aytib o‘tishimiz mumkin: «Oila tinch - yurt tinch», «Oila qo‘sh ustunli ayvon», «Bol - shirin, boldan bola shirin», «Bola ko‘ngli - podsho», «Bola o‘nga kirsa, otasi songa kirar», «Davlatning boshi - farzand», «Bola xondan ulug1», «Farzand baxti - ona taxti», «Farzand - belning quvvati», «Farzand kamoli - ota jamoli», «Farzand boqqan ota, jonni qoqqan ona», «Farzand - dilband, farzand - qanot», «Farzanding - davlating, fazilati - ziynating» va h. Shuningdek, oilada ota va onaning o‘mi haqida ham qator maqollar mavjud: «Ota - aql, ona - idrok», «Ota - bilak, ona - yurak», «Ona - daraxt, bola - meva». «Onangni quyosh bilsang, otangni oy bil», «Ota bola uchun taxt yasar, baxt yasay olmas», «Otangga qilganingni bolangdan ko‘rarsan», « 0 ‘g‘il-qiz yaxshi bo‘lsa, ota-ona xursand. 0 ‘g‘il-qiz dono boMsa, elu yurt xursand». Har bir o ‘zbek oilasida qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga katta e’tibor qaratiladi, yoshlarga qarindoshlar bilan quvonchli kunlarni baham ko‘rish, qayg‘uli kunlarda hamdard bo‘lish kabi munosabatlar bolaligidanoq singdiriladi. Buni quyidagi xalq maqollarida ko‘rishimiz mumkin: «Borsang - qarindosh, bormasang - begona», «Do‘st safarda bilinar, og‘a-ini - kulfatda», «Oziqli ot horimas, qarindoshli qarimas», «Yeb-ichganda yot yaxshi, qayg‘u kunda - qarindosh», «Inisi boming irisi bor», «Onangni kaftingda tutsang, singlingni boshingda tut», «Ota - xazina, aka-uka - tayanch» va h. Ertaklarda ham ushbu masala keng yoritiladi. Masalan, «Aka - uka» ertagida hikoya qilinishicha, «Akauka dehqonchilik qilishadi. Kech kuzda hosil yig‘im-terimini teng ikkiga bo‘lishadi. Kechasi uka o‘yga toladi: «Akam menga qaraganda katta ro‘zg‘or, kel, o‘z ulushimdan ozgina akamnikiga qo‘shib qo‘yay». Shunday qilib, kechasi akasiga bildirmay, o‘z ulushidan anchasini akasinikiga qo‘shib qo‘yibdi, so‘ngra ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi. Bir vaqt akasining uyqusi qochib ketibdi. U o‘ylabdi: «Ukam kambag‘al, mendan boshqa yordamchisi yo‘q. Biz ko‘pchilik boMsak ham, bor-yo‘qchilik unchalik bilinmaydi. Kel, ukam qiynalmasin - g‘allamdan ozgina uning g‘allasiga qo‘shib qo‘yay». Aka o‘z ulushining anchasini ukasinikiga qo‘shib qo‘yibdi. Shundan keyingina ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.» Bu ertakning mazmunidan aka-ukaning bir-biriga boMgan cheksiz mehrini his qildik va xalq pedagogikasida oilada farzandlar, akaukalaming bir-biriga mehribonligi, g‘amxo‘rligi, bir-birini qadrlashi eng avvalo oila tarbiyasining natijasi ekanligini isbotlovchi yuqoridagi kabi misollar juda ko‘pligiga amin boMdik. Oilada bolalami ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi milliy musiqa, qo‘shiqlar, raqs, tasviriy san’at turlari ham muhim ahamiyatga ega. Bola yoshligidan alia qo‘shigMni tinglab, o ‘z ota-onasi, Vatani, xalqiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalanadi. Shuningdek, oilada farzandlarga yog‘och, ganch, mis o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy liboslarni tikish kabi xalq amaliy hunarmandchiligi turlarini o‘rgatish orqali ularda mehnatga muhabbat uyg‘ota olgan, va buning natijasi oMaroq, oilada Taniqli etnograf olim I.Jabborovning ta’kidlashicha, «Qadimdan o‘zbek oilalarida yoshiga, jinsiga va tabiatiga qarab bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Masalan, o‘g‘il bolalarga yoshligidan otalar urug‘ining davomchisi, merosxo‘ri, oila or-nomusi va iftixori, himoyachisi, qizlarga nisbatan ustun turadigan erkaklik fazilatlarini ongiga singdirib, qizlarga esa bo‘lajak ona va uy bekasi vazifasini ado etuvchi shaxs sifatida tarbiya berishgan. Asta-sekin voyaga yetishi bilan o‘g‘il bola ota ta’sirida, qiz bola ona ta’sirida muayyan tartiblarga o‘rgatila boshlangan. Odat bo‘yicha bolalar 6-7 yoshidan mehnatga o‘rgatilib, dastavval yengil ishlarni, 10-12 yoshidan boshlab og‘ir xo‘jalik ishlarini bajara boshlaganlar. Bola tarbiyasiga ota-ona, mahalla, jamoatchilik, alohida e’tibor bergan, ayniqsa, ularning odob-ikromli boMishi ko‘pchilikning diqqat markazida turgan». Demak, xalq pedagogikasida hunar yuksak baholangan, xalq og‘zaki ijodining barcha janrlaridagi qahramonlar faqat ma’lum bir kasb egasi bo‘lib qolmay, balki aqliy, jismoniy va ma’naviy kamolotga erishgan, o‘z davrining yetuk kishilari sifatida tasvirlanishi bunga yorqin dalildir. Oilada ota-onalar o‘z farzandlariga ma’naviy merosimiz bo‘lgan milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlaming o‘ziga xos xususiyatlari, ulaming ijtimoiy, madaniy, tarbiyaviy ahamiyati va mohiyatini tushuntirib borishi ham barkamol shaxs tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, milliy ong, milliy ruh aynan oilada ona tili orqali shakllanadi, bunga esa eng awalo ota-ona mas’uldir. Yuqoridagilami muxtasar qilib aytganda, xalq pedagogikasining barcha manbalarida oila tarbiyasi, unda ota-ona, farzandlaming o‘rni, oilada tarbiya turlari, usullari va vositalari, oila ma’naviyatiga xalqona qarashlar juda keng va atroflicha yoritilgan boMib, hanuzgacha o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Demak, biz bu bebaho qadriyatimiz - xalq pedagogikasi manbalaridan farzandlarimiz tarbiyasida foydalanishimiz zarurdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir».
2.2. Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o ‘zida mujassam etgan. Shunga ko‘ra barkamol shaxs vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahillik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat, adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e’tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy ta’limotlarni to‘g‘ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lozimligi uqtirilgan. Bu fazilatlaming aksi bo‘lgan nodonlik, badxulqlilik, manmanlik, qo‘rqoqlik, yolg‘onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik, kibru havo, hasadgo‘ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo'lishi talab etilgan. Ana shu ijobiy fazilatlami yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo'yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. O‘git-nasihat qilish, ibrat-o‘rnak ko‘rsatish, rag‘batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo‘llab kelgan bo‘lib, uning quyidagi ijobiy shakllari:
-tushuntirish;
- O‘rgatish, mashq qildirish;
-odatlantirish;
- kun tartibini rejalashtirish;
-yaxshi xislat va ishlarga undash;
- iltimos qilish;
- istak bildirish;
-maqtash;
-rahmat aytish, minnatdorchilik bildirish;
-ma’qullash; -olqish aytish;
-duo qilish;
-alqash;
-tasalli berish;
-mukofotlash, taqdirlash;
-ishonch bildirish;
-oqlash;
-vasiyat qilish;
Shuningdek, xalq pedagogikasida o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda quyidagi holatlar qoralanadi:
-ta’qiqlash, ma’n etish;
-buyurish;
-ta’na, o‘pka
-gina qilish;
-talab qilish;
-uyaltirish;
-yolvorish va ko‘ndirish;
-tanbeh berish;
-majbur qilish;
-nafrat bildirish;
-masxara qilish;
-duoyibad qilish;
-koyish va qarg‘ash;
-ayblash va uyaltirish;
-oq qilish;
- ont-qasam ichirish;
-aybiga iqror qildirish;
- ishonchsizlik bildirish;
-zarda qilish;
-ko‘r-ko‘rona ishonish;
-yomonlash va vaysash;
-urishish;
-qo‘rqitish;
-gapirmasdan qo‘yish;
-jismoniy jazo berish va h.
Hayotning mazmunini to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga odobaxloqni o‘rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining yuqorida ta’kidlangan tarbiya metodlaridan foydalaniladi. O‘git va nasihat metodi xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida o‘z aksini topgan.
Masalan, xalq maqollari o‘git va nasihat shaklida beriladi:
- Yaxshi bo‘lsang kelinchak, bo‘la ko‘rma erinchak.
-Eling senga cho‘zsa qo‘l, unga doim sodiq bo‘l.
-Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.
-Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan.
- Yo‘qni borday qil, bomi bolday qil.
-Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir.
-Obro‘ topaman desang - kamtar bo‘l.
Tarbiya metodlari ichida eng ko‘p qo‘llanadigan turi bu namuna, ibrat ko‘rsatish, ya’ni o‘mak bo‘lishdir. Buni ikki xil yo‘nalishda amalga oshirish mumkin. Birinchisi, yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan insonlaming ibratli jihatlarini ko‘rsatish orqali undan o‘mak olishga undalsa, ikkinchisi salbiy axloqli kishilaming nojo‘ya ishlarini ko‘rsatish bilan undan nafratlanishga o‘rgatiladi. Buyuk allomalar va mutafakkirlarning hayot yo‘li bizga doim ibrat maktabi bo‘lib qoladi. Chunonchi, oiladagi kattalar ham o‘z farzandlari uchun doimo o‘mak ko'zgusi bo‘lmoqliklari kerak. Chunki bola barcha yaxshi fazilatlarni ham, yomon illatlami ham eng aw alo oiladan o ‘rganadi, zero xalqimiz «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», deb bejiz aytishmagan. Xalq pedagogikasidagi rag‘batlantirish metodiga maqiash, ma’qullash, alqash, mukofotlash kabi shakllarni kiritishimiz mumkin. Bolalaming yaxshi fazilat ila amalga oshirgan ibratli ishlari kattalar tomonidan ma’qullansa, maqtalsa, olqishlansa, rahmat aytilsa, alqansa va imkon doirasida taqdirlansa, ular yanada yaxshi xislatlarga ega bo‘lishga, yaxshi ishlami bajarishga harakat qiladilar. Bunga o ‘zbek xalq og'zaki ijodidan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Asar qahramonlari xalqni zolimning zulmidan qutqarib xalqning olqishi va rahmatiga sazovor boiganligi, munosib taqdirlanganligi haqidagi ertak, rivoyat, afsona, asotir va dostonlar behisob.
Asosan yoshi ulug‘lar, ota-onalar farzandlarining ijobiy ishlaridan minnatdor bo'lishganda o‘zlarining chuqur ichki istak va niyatlarini alqash orqali amalga oshirganlar. Keyinchalik bu istak-niyatlarini Ollohdan so‘raydigan bo‘lganlar va shu tariqa alqash-duolar yuzaga kelgan, alqashdan oldin «ilohim» so‘zi ishlatila boshlangan.
Xalq og'zaki ijodining ko‘plab janrlarida xalq orzu qilgan, el-yurt va hukmdorlar topshirig‘ini o‘zining mardligi va matonati, donishmandligi bilan ado etgan obrazlaming mukofotlanganliklari haqida bayon qilinadi. Bu asarlardagi «...Barakalla, seni o'stirgan ota-onanga rahmat», - deb, ustidan tillo, javohirlar sochibdi; «Podsho uch kunu uch tun to‘y-tomosha qilib, qizini bahodirga uzatibdi»; «...Uni jasorati va mardligi uchun shaharga hokim (yoki vazir) etib tayinlabdi»; «Tila tilagingni, - debdi va barcha tilaklarini bajo aylabdi,» - kabi jumlalarda o‘z aksini topgan. Farzandlami yaxshi xulqi-odobi, yaxshi o‘qishi, umuman, yaxshi inson bo‘lib yetishi uchun alqash, maqtash, rahmat aytish, duo qilish, yaxshi tilak-istak, niyat bildirish, rag‘batlantirish va mukofotlash hozirgi kunda ham keng qo‘llanadi, chunonchi yoshlami shunday chiroyii alqashduolarga mos qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Xalq pedagogikasida bola tarbiyasida qarg‘ish asosan xotin-qizlar tomonidan ishlatiladigan zararli tarbiya metodi hisoblanib kelingan. «Qarg'ishlar duch kelgan katta-kichikni goh suvda cho‘ktirib o‘ldirsa, goh do‘zaxning yetti kundasida kuydiradi. Ba’zilari odamxo‘r devlarga duch keltirsa, ba’zilari ona sutini og‘zidan keltiradi.»
Xalq pedagogikasida, uning manbalarida jismoniy jazo tarbiyaviy ta’sir ko'rsatuvchi vosita sifatida aslo uchramaydi, aksincha jismoniy jazo yomon oqibatlarga olib kelishi ta’kidlanadi. Lekin xalq pedagogikasi tarixida tarbiya nuqtai nazaridan jismoniy jazoning shapaloq urish va quloq cho‘zish shakllari ishlatilgani ma’lum. Xalqimiz tarbiyaning turli metod va shakllarini amalga oshirishda xilma-xil tarbiya vositalaridan foydalanganlar. Xususan, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlar, xalq og‘zaki ijodi, tabiat va inson munosabatlari, xalq tabobati xususiyatlari, turli to‘y-tomosha marosimlari, sayil, yig‘in, bazm, bayramlarda kattalar va bolalaming birgalikdagi ishtiroki, gapgashtak va ulfatchilik, choyxona gurungi, aza ma’rakalari, uzoq safarga va ovga chiqish va h. Tarbiya vositalaridan biri boigan bolalar 0‘yinlarining o‘z qoidalari bo‘lgan. Shu qoidaga rioya qilmagan bolalarni «o‘yin buzuqi» deb o‘yindan chetlatishgan. Ya’ni o‘yin jarayonida bolaning yaxshi va yomon jihatlari namoyon bo‘lgan. E’tibor bersangiz, tarbiya vositalarining barchasi ko‘pchilik ishtirokida amalga oshiriladi va shubhasiz, bu juda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunday bayram, sayil, gap-gashtak, yig‘inlarda bolalaming yaxshi va yomon xatti-harakati ko‘pchilikning ko‘z o ‘ngida namoyon bo‘ladi va shu ko‘pchilik tomonidan baholanadi. Ota-onalar o‘z farzandlari tarbiyasiga oid xulosalar chiqaradilar. Farzandlaming odob-axloqi haqidagi yaxshi fikrlar ota-onani quvontirsa, aksincha, farzandining xulqi haqidagi ta’na va isnodlar ulami tashvishga soladi. Bunda keksalar, ota-onalar: «Bolam, bu yurish-turishingni ko‘rganlar, gap-so‘zingni eshitganlar nima deydi?», «Mahalladagilardan uyat emasmi?», «Bizni uyatga (isnodga) qo‘ydingku (sharmanda qildingku)», - deb aziyat chekishadi. 0 ‘smir yoshdagi bolalaming choyxona gurungi, gap-gashtaklarining ham o‘ziga yarasha qoidasi bor. Bu choyxonaga navbat bilan taklif qilish, o‘rtoqlari bilan samimiy muomalada boMish, so‘zlovchi gapini bo‘lmaslik, navbat bilan gapirish, navbat bilan choy quyish, choyni o‘ng qo‘l bilan uzatish, noz-ne’matlami teng baham ko‘rish, dasturxonga undash va hokazolardir. 0 ‘smirlaming yaxshi fazilatlari ham, yomon xulqi ham bu yig‘inlarda namoyon bo‘ladi. Kattalaming o‘git-nasihatlarini olib, ulfatchilikda qatnashgan o‘smirlar odob qoidalarini yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Xalq pedagogikasida tarbiya vositalaridan yana biri mehmondorchilikdir. Marosim, yig‘in, to‘y-tomosha, gap-gashtak, choyxona gurungining barchasi mehmondorchilikni o ‘z ichiga oladi. Mehmondo‘stlik xalqimiz hayotiga singib ketgan eng yuksak kishilik fazilatlaridan iborat boiib, yoshlar tarbiyasida eng muhim tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Xonadon mezbonlari mehmonning ko‘nglini olish, xursand qilish uchun eng yaxshi idish-tovoqlami ishlatadilar, tansiq taomlar pishiradilar. Mehmondo'stlikning o ‘ziga xos qoidalari bolalarga pand-nasihat, maslahatlar berish orqali, shaxsiy ibrat-o‘rnak ko‘rsatib yoshligidan o ‘rgatib kelinadi. Shu tariqa xalqimiz yuqoridagi kabi tarbiya metodlari, shakllari va vositalari orqali yosh avlodni ahloqiy tarbiyalab, insoniy fazilatlarga o‘rgatganlar.

Xulosa:
Uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya jarayonining bitiruvchisi muayyan soha bo‘yicha bilim olishi va kasb-hunar egasi sifatida Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishi lozim. Zero, Respublikamizda qabul qilingan milliy g‘oyaning yetakchi g‘oyalaridan biri, yuqorida ta’kidlaganimizdek, Vatan ravnaqi sanaladi. Yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni o‘ziga azmu qaror qilib olgan shaxslami tarbiyalab voyaga yetkazishda milliy madaniyat va ma’naviyat muhim o‘rin tutadi.
Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining barcha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’analarining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi.

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin