28 - Variant 1- Topshiriq. Quyidagi savollarga yozma javob yozing O`zbekistonda ta’lim va pedagogik fikr taraqqiyoti.
Taraqqiyoti pedagogik lim mustaqil va O’zbekistonda fikr. oquvchilarni falsafiy dunyoqarashga tayyorlash Milliy tarbiya berish ishini avvalo oilada, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va undan keyingi tarbiya maskanlarida ham olib borish maqsadga muvofiqdir.1997 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga yangi zamon talabi darajasiga ko`tarishga dahldor bo`lgan qonunlar ham qabul qilindi. Shu masalalar yuzasidan yurtboshimiz I.A.Karimov "Barkamol avlod -O`zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so`zladi. Bunda yangi qonunlar qabul qilishning zarurligini ko`rsatib berdi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning hozirgi kun talabiga javob bermayotganligi ta’kidlab, kamchiliklarni ko`rsatdi:
"Avvalo shuni ta’kidlashimiz kerakki, biz eski, sho`rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan hali beri to`liq qutilganimiz yo`q.
Ikkinchidan, barcha amaldagi o`zgarishlar... uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan emas.
Uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimizbugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko`p joylarda yaqqol ko`rinmoqda.
Yurtboshimiz maktab moddiy bazasi nochorligi, tarbiyachilarning o`zi zamonaviy bilimga ega emasligi, 11 yillik ta’limning ilmiy asoslanmaganligi, boshlang`ich ta’limga past nazar bilan qarab kelinganligi, darsliklarning talabga javob bermayotganligi, o`quvchilar mustaqil, erkin fikrlashga o`rgatilmayotganligi kabi ta’lim-tarbiyamizdagi kamchiliklarni ko`rsatib o`tdi.
Shu sessiyada "Ta’lim to`g`risida"gi yangi qonun qabul qilindi. Bu qonun 5 bob, 34 moddadan iborat. Qonunning 1 bobi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi, uning
1 -moddasida qonunning maqsadi ko`rsatiladi: "Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
2 -moddada ta’lim to`g`risida qonun hujjatlari,
3 - moddada ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari,
4 - moddada bilim olish va 5 - moddada pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqi ko`rsatilgan.
6 - moddada ta’lim muassasasining huquqiy maqomi, 7 - moddada davlat ta’lim standartlari, 8 - moddada ta’lim berish tili haqida gapirilgan.
II bobda ta’lim tizimi va turlari ko`rsatib berilgan.
III bob ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoyasiga bag`ishlangan. 20-24 moddalarda bular yoritib berilgan.
IV bobda ta’lim tizimini boshqarish masalasi qonun bilan mustahkamlab berilgan. 25-29 moddalar shularga bag`ishlangan.
V bob yakunlovchi qoidalardir.
Shu qonun ta’lim-tarbiya, maorif sohasidagi ishlarimizda asosiy dasturimiz bo`lib xizmat qiladi, har bir o`qituvchi buni chuqur o`rganishi, tahlil qilishi va unga o`z faoliyatida amal qilishi lozim.
1997 yil 29 avgustdagi Qonun bilan birga yana bir muhim hujjat "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ham qabul qilindi. Bu dasturning qabul qilinishi ta’lim-tarbiya sohasida yangi bir o`zgarish, yuksalish davrini boshlab berdi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" umumiy qoidalar va 5 bobdan tashkil topgan. Umumiy qoidalarda bu dastur "Ta’lim to`g`risida"gi qonun qoidalarga muvofiq tayyorlanganligi aytiladi.
1-bob muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish omillarini yoritishga bag`ishlangan. Dastlab O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng maorif sohasida yuz bergan o`zgarish va rivojlanish tahlil etiladi, kamchilik va muammolar ko`rsatiladi, isloh qilish omillari yoritib beriladi.
2-bobda dasturning maqsad, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari ko`rsatib beriladi. "Mazkur dasturning maqsadi - ta’lim sohasi ni tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar doirasida, yuksak axloqiy va ma’naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir", deyiladi dasturda.
Dasturni ruyobga chiqarishning bosqichlari (1. 1997-2001, 2. 2001-2005, 3. 2005 va undan keyin), ularda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar belgilab berilgan.
3-bobda Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish) tahlil etib beriladi.
4-bobda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning 15 ta asosiy yo`nalishlari belgilab berilgan.
5-bob esa dasturni ruyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan.
Ta’lim to`g`risidagi Qonun va milliy dasturni amalga oshirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Tajriba- sinovlar o`tkazilmoqda. Ta’limning davlat standartlari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etila boshlandi. Yangi o`quv dastur, darsliklar yaratilmoqda. Ayniqsa, akademik litsey va kollejlarga katta e’tibor berilmoqda. O`quv yurtlarimizda milliy o`zligimizni anglashga olib keladigan masalalarni o`rgatishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Oliy ta’limda ham milliy dastur talablari asosida ishlar olib borilmoqda. Bakalavrlik va magistrlik bo`yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Test asosida o`qitishga e’tibor kuchaymoqda. Biz o`ylaymizki, milliy dasturning amalga oshib borishi bilan jahon standartlariga javob bera oladigan ta’lim-tarbiya tizimimizga erisha olamiz.