IJTIMOIYLASHUV OMILLARI-BOLA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning
hamma narsani egallashga bo‘lgan ob‘ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo bo‘ladi.
Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob‘ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini
namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul
va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y
beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega
hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning
ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. SHunday qilib bolaning
ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (
ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv
(mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). SHu tarzda ijtimoiylashuv
tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv
jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning
aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub‘ekt va ijtimoiy muhit
faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat
bildirishidir. SHunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy
mavjudodga
aylanish
jarayoni
va
natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob‘ektiv ehtiyojlari
bilan
bog‘liq
jamiyatdagi
o‘z-o‘zini
egallashdir.
Bu
ehtiyoj:
a)
o‘z
qarashlariga
ega
bo‘lish;
b)
o‘ziga
xosliklariga
ega
bo‘lish;
v) unga tegishli bo‘lgan
masalalarni hal qilish
, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga
xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari
o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. SHu
bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta‘sir etish ham sodir bo‘ladi.
2 kurs talabasi (………)
106
SHunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv
o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy
sohada
amalga
oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin
mo‘ljal
olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish,
xulq-atvor
me‘yorlarini
o‘zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida
shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni
shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari.
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal
vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish
usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi
moddiy madaniyat mahsulotlari, ma‘naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab
ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va
mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari-
muloqot, o‘yinlar, ma‘naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta‘qiqlar-man etish, ruxsat
berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida
inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me‘yoriy qadriyatlarga
moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va
boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport)dir. Psixologik-
pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos
kelishi
aniqlangan.
Bolaning me‘yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala.
Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari
2 kurs talabasi (………)
107
qo‘llaniladi::
-go‘daklik
davri-bevosita
hissiy-ruhiy;
-go‘daklikdan
keyingi
davr-predmetli
faoliyat
;
-maktabgacha
davr-rolli
o‘yinlar;
-ilk
maktab
davri-o‘quv
faoliyati;
-
o‘smirlik
davri-kasb
ta‘limi
faoliyati;
-o‘spirinlik
davri-shaxsiy
muloqot
faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari.
Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda
bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid
adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida
agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-
singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. YOshlik
davrig kelib agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishlari
mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli
ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta‘sir etuvchi va faol ta‘sir
ko‘rsatmaydigan.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari.
Insonning
ijtimoiylashuvi turli omillar
, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator
mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik Uri
Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari
ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud
ma‘lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib
ko‘rsatish
imkonini
beradi:
I.P.Podlaso‘vga
tasnifi
bo‘yicha:
Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni
2 kurs talabasi (………)
108
ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari
mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi.
/ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi
bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan
usulidir;
ajratish mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi
uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi
odatda
nizolarni
hal
qilishda
kuzatiladi.
o‘z-o‘zini cheklash mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim
o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra
ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga hurmati pasayadi, yomon o‘qiy
boshlaydi. Bu o‘z menini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir.
Ba‘zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. CHunki
bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini
cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z
salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng
boshlagan
ishini
tashlab
qo‘yadi,
oqimda
suza
boshlaydi;
o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash loyihalash mexanizmining
mohiyatini tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi qaratilga qaratilgan salbiy
hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. SHubhali inson
hammadan
gumonsiraydi,
xudbin
hammani
xudbin
hisoblaydi;
ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-identifikatsiyadir.
Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan
qiyoslaydi. Identifikatsiya ob‘ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi
insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz
turlari
mavjud.
identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda
boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu
mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin
emas;
2 kurs talabasi (………)
109
empatiya mexanizmi, ya‘ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish.
SHaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy
shaxslarning
ijtimoiylashuvida
muhim
ahamiyatga
ega;
qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi
tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi
uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm
tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish,
institutga
kirish)
duchor
bo‘lganda
namoyon
bo‘ladi.
ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o‘z xatti-harakatlarining mantiqiy
xulosasini chiqaradi. YOsh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini
qo‘llashadi.
fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi
qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi
va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda
komillikka erishishadi.
I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga
quyidagilarni kiritsa bo‘ladi:
imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta‘sir qiladigan hayotiy muhim
ob‘ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi.
Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak
bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo‘lish.
taqlid-biror bir namunaga o‘xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy
tajriba to‘plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir.
refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson
jamiyatning turli institutlari
,
oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘ e‘tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho
beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli ―men‖
obrazlari orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm
yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi.
2 kurs talabasi (………)
110
Bundan
tashqari
ijtimoiylashuvning
1) ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi:
ijtimoiylashuvning an‘anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit,
qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda
tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir
bo‘ladi.
2)institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan
o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va
tajribalarni to‘plashi mumkin.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning
rivojlanishiga ta‘sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida
yuzaga keladi. Insonga ta‘sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning
hammasi ham aniqlanmagan. O‘rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas.
Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo‘linadi;
1.Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo,
shuningdek
bularga demografik
, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa
bo‘ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining
ijtimoiylashuviga ta‘sir ko‘rsatadi.
2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda
yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta‘sir qiladi.
3.Mezoomillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa
tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan
guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni
shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta‘sir
qiladi.
4.Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta‘sir qiladi. Mikro
omillarga muayyan shaxslarga ta‘sir qiluvchi omillar-oila, qo‘shnilar, tengdoshlar
guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar
kiradi.
2 kurs talabasi (………)
111
SHaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki
mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud.
Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy
nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy
omillarajratib
ko‘rsatiladi.
Biologik omillar .Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini
aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik,
xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson
organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi,
soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi
omillar hisoblanadi. SHuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan
nerv xusuiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida
biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi.
Psixologik ma‘lumotlarga ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la
olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, talim-tarbiya
jarayonlariga bog‘liq.
Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi,
shizofreniya,
epilepsiya
, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika
o‘rganadi.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi
tashqi omillar ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli
bo‘lib tug‘ilayogan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga
kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. SHuning uchun ularga
o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy
rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus
pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga
kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga
integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi.
2 kurs talabasi (………)
112
Dostları ilə paylaş: |