Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə47/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI 

Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat


jarayondir. Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport
turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining
oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri
jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola
shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi
kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki
ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi.
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari
bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi.
Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-
iqtisodiy hayot va tarbiya kerak.
Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga
ta'sir etuvchi omillarni ham o`rganadi.
Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik,
o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish
deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-
funktsional
faoliyatining kamol topishi
, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib,
bunda nasl-irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga
oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim
ahamiyatga ega.
Biologik faktorlar. Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda
tutiladi. Irsiyat deganda esa gen orqali ota-onalardan farzandlariga o`ziga xos
xususiyatlarining o`tishi nazarda tutiladi. Irsiyat orqali bola organizmiga, nerv
sistemasiga, hissiy organlariga ega bo`ladi. Bu insonni boshqa insonlardan ajratib
turadigan tashqi faktorlardir. Irsiyat haqida gapirganda irsiy kasalliklar haqida


2 kurs talabasi (………)


141
unutmaslik lozim. Irsiy kasalliklarni tibbiy genetika o`rganadi. Lekin ushbu
kasalliklar bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta'siri ijtimoiy tuqilishiga tashqi
faktorlar ham ta'sir o`tkazadi. Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog`lom
bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bunday shaxslar uchun jamiyat
bilan ―muloqatga‖ kirishishga yordam beruvchi maxsus metodikalar mavjud.
Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni
nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Turli
davrlardagi preformizm, bixeviorizm, progmatizm, biogenetiklar oqimlari
shaxsning shakllanishida biologic omilning roliga ortiqcha baho berishgan,
rivojlanishni naslga bog`lashgan. Irsiyat mavjud va biologik omillarni inkor etib
bo`lmaydi. Lekin irsiyatni mutlaqo o`zgarmas deb tushunmaslik kerak.
Rivojlanishga naslning ta'siri
deganda ota-onaga
, ajdodlarga o`xshashlikni
ifodalovchi biologik takrorlanishni tushunmoq kerak. M-n, tananing tuzilishi,
sochning, ko`zning, terining rangi kabilar. Nerv faoliyati ko`rinishlari (xolerik,
sangvinik, flegmatik, melonxolik) kabi fiziologik xususiyatlar ham tug`ma o`tishi
mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham tug`ma o`tishi mumkin,lekin inson bolasi
tayyor qobiliyat bilan emas, balki layoqat bilan tug`iladi. Layoqat o`z holicha
rivojlana olmaydi, uning uyg`onishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda
kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig`indisini tushunamiz. Bunga tabiiy
muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va
ularning rivojlanishiga alohida ta'sir qiladi. Boladagi irsiy belgilarning o`sishi,
kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog`liq buladi. «Inson
bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib
qolsa, unda irsiy belgilarning biologik ko`rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr,
faoliyat, hatti-harakat bo`lmaydi. (Hindistondan topilgan Kamola, Amola hayoti
bunga misol bo`la oladi)»
Ijtimoiy faktorlar . Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning
o`zi kamlik etadi. Ijtimoiy faktor orqali individning ijtimoiy sub'ektga aylanishi
insonning ijtimoiylashuvi, uning jamiyat bilan integratsiyaga kirishishi orqali


2 kurs talabasi (………)


142
amalga oshiriladi. Shaxsning ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi makro-(katta),
mezo-(o`rta) va mikro (kichik) faktorlar mavjud.
Mezofaktorlarga milliy sifatlarning shakllanishi, xududiy sharoitlarning
ta'siri aholi tipi singarilar kiradi.
Mikrofaktorlarga oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi.
Makrofaktorlarga esa insonning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi umumbashariy
jarayonlar(ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mamlakat va jamiyat
hodisalari)kiradi.
Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o`tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali
amalga oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya
oladi. Inson kamolotida ta'lim - tarbiya yetakchi o`rin tutadi. Bola o`qish, yozishni,
maxsus bilim, malaka, ko`nikmalarini egallaydi, ularda ilmiy dunyoqarash
shakllanadi.
Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri.
Sotsiologiya fanida ijtimoiy status tushunchasi mavjud. Inson jamiyatda turli
xil pozitsiyalarda bo`lishi mumkin. Ma'lum haq-huquqlar va majburiyatlar bilan
tavsiflanuvchi insonning jamiyatdagi shunday pozitsiyasini egallashi ijtimoiy
status deb ataladi. Bunday ijtimoiy statuslar tug`ma va egallangan bo`lishi
mumkin.
Tug`ma ijtimoiy statuslarga jinsi, millati, tug`ilgan joyi, familiyasi va
boshqa faktorlar kiradi. Lekin shunday statuslar bo`lishi
mumkinki
, ular insonning
o`z kuchi va xarakterlari bilan egallanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog statusi
insonning maxsus o`quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarligi, shu yo`nalishi bo`yicha
olgan diplomi asosida egallanadi. Ya'ni bu egallangan status qisoblanadi.
Lekin qayotda shunday vaziyatlar bo`lishi ham mumkinki, inson o`zining
xoxish irodasiga qarshi ma'lum hatti-harakatda bo`lishi mumkin. Bu uning
jamiyatda tutgan statusi asosida yoki boshqa insonlar undan ma'lum xarakatlarni
namoyon etishi mumkin. Bu xolat insonning jamiyatdagi roli deb ataladi.
Lekin ijtimoiylashuv hamda rivojlanish jarayonida bola pozitiv va negativ
ijtimoiy rollarni ham o`zlashtirishi mumkin.


2 kurs talabasi (………)


143
Pozitiv ijtimoiy rolga oila a'zolari, jamoa, mutaxassislar, iste'molchilar
kirishi mumkin.Negativ ijtimoiy rolga esa daydilar, tilamchi-gadoylar,
narkomanlar singari kategoriyadagi insonlar kiradi. Individ yuqoridagi kabi
ijtimoiy rollarni o`zlashtirish mexanizmi natijasida ijtimoiy munosabatlarga
kirishib o`sha ijtimoiy muqitga moslashib boradi. Individning o`sha ijtimoiy
sharoitlarga moslashib borish jarayoni ijtimoiy adaptatsiya deb ataladi. Bunda
muloqat, faoliyat va anglash jaryoni amalga oshiriladi. Ijtimoiy adaptatsiyalanish
jarayonida bolada ―hammaga o`xshash‖ehtiyoj vujudga keladi. Shu bilan bir
qatorda unda ―o`zini ko`rsatish‖, ―o`zini namoyon etish‖ ehtiyoji tug`iladi va u
o`zini ko`rsatish usullari va vositalarini qidira boshlaydi hamda bu jarayon
individualizatsiyalanish deb ataladi.
Demak,
bolaning
rivojlanishi
ikki
yo`nalish
asosida
amalga
oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish.
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi
bilan bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini
sotsiumga
qo`shib
borishi
mumkin
va
bu
jarayon
bolaning
jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi.
Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va
aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu
jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol
va mustaqil faoliyati
esa
o`z-o`zini
tarbiyalash jarayoni
deb
ataladi.
Jamiyatdagi
barcha
mutaxassislarning
va
tarbiyachilarning
harakatlari
bolaning
ijtimoiy
adaptatsiyalanishiga qaratilgan.
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy-
ma'naviy
fazilatlarning
yo`qligi
hamda
ularning
shakllanmay
qolishi
ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda
ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo`ladi. Demak, bolaning jamiyatda
ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan
ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy
reabilitatsiya qilish deb ataladi.


2 kurs talabasi (………)


144
SHaxs indivudal taraqiyotining muxim omillaridan yana biri uning yoshiga
bog‘liq
bo‘lgan
xususiyatlaridir.CHunki
taraqqiyotining
xar
bir yosh
bosqichi o‘zining rivojlanish omillariga,
qonuniyatlariga,
yangiliklariga,
o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xaraktari, temperamenti, iqdidori, bilish
jarayonlariga bevosita ta‘sirini o‘tkazadi.
YOsh taraqqiyoti davrlarining xam sifat, xam miqdor o‘zgarishlariga
ega bo‘lgan ko‘rsatgichlari borki, amaliy
psixologiya xar bir yosh
xususiyatlarni
ana shu ikkala ko‘rsatgich nuqtai nazaridan o‘rganishi va shaxs xulqini boshqarish
va tasir ko‘rsatishda ularga tayanmog‘i lozim.Umuman Psixologiyada isbot
qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o‘ta murakkab
jarayon bo‘lib, xar bir davrning o‘z qonuniyatlari mavjud. Xar bir bosqichda
shaxsning biror bir xususiyatlari o‘zining yetuklik vazifasiga erishadi.
Masalan,olamni
sensor
jixatdan
bilishning
yetuklik
vazifasi
18-
25
yoshlarda,intelektual,ijodiy yetuklik-35 yoshlarda, shaxsning etukligi 50-60
yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. SHunga o‘xshash xususiyatlar
insonning butun umri davomida muttasil kamolga etib, rivojlanib borishini
ta‘minlaydi. SHunisi xarakterliki,xar bir yoshda biror funksiyalarning rivojlanishi
boshqa
bir
funksiyalarning
susayishi xisobiga
ro‘y
beradi.
2.O’smirlik 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin