Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə6/12
tarix02.01.2022
ölçüsü48,58 Kb.
#42268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ijtimoiy psixologiya

Anketa metodi. Anketa odatda uch xil to’ziladi. Birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga muljallangan savollardan to’ziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xili anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baxolash tavsiya etiladi. (Anketa namunalarini Goziev E. Psixologiya, Toshkent,1994 yil kitobining 28–29 betlarida kurish mumkin).

Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik gurux a'zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini ulchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruxdagi har bir a'zoning o’zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnahishi suraladi. Olingan ma'lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaqlida ifodalanadi. 

Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayoxatga kim bilan birga borishni xoxlaysan?», «Imtixonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?, 

«Kim bilan ko’shni bo’lib yashashni yoktirasan?», «Partada kim bilan yonma–yon o’tirishni istar eding?» va xokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o’lchov) vazifasini bajaradi va turmush vokeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng makbo’l» deb 

tanlash lozim. Guruxiy tabakalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «Maydon» ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o’gil bolalar esa uchburchaqlar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaqlar soni familiyalar soniga to’gri keladi. Gurux a'zolarining o’zaro munosabatlari doira va uchburchaqlar strelkalar bilan biriktirilganda o’z ifodasini topadi. 

Eng ko’p munosabatlarga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan urin oladi. U guruxning eng yokimtoyi («Yo’ldo’zi») xisoblanali.

Turli extiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va xokazolar muayyan tartib va qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy, psixologik hamda sof psixologik ildizlari to’g’risida ma'lumotlar olinadi. Shu bilan guruxlardagi shaxslarning yakqol, aniq nuktai nazari, guruxbozlik, ogmachilik, qarama–qarshilik, xis–tuygularning zurikishi, guruxiy jipslik, moslik, munosabat motiv–lari, qarashlar birligi, jinslar o’rtasidagi muloqotning zamini hamda sexri mana shu usul bilan ochiladi. 


Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin