1 - ma’ruza. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA UNING DOLZARB MUAMMOLLARI.
REJA:
1.1.
Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi.
1.2.
Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.
1.2.1. Xalqlar psixologiyasi nazariyasi.
1.2.2. Omma psixologiyasi nazariyasi.
1.2.3. Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi.
1.3.
Ijtimoiy psixologiya fani predmeti.
1.4.
Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari.
1.4.1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi.
1.4.2. Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‘rganish.
1.4.3. Oila – ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida.
1.4.4. Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ektidir.
MAVZU YUZASIDAN TANYACH SO‘ZLAR:
Ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy tasavvurlar, muomala,
boshqaruv, oila, katta va kichik guruhlar psixologiyasi.
GLOSSARIY:
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda
psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni
o‘rganishga qaratilgan fan.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat
jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol
obrazi.
Muomala – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Boshqaruv – shaxs va jamiyat munosabatlarida ijtimoiy, individual munosabatlarni
o‘rnatish ga qaratilgan jarayon.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.
Dostları ilə paylaş: