Ijtimoiy psixologiya metadologiyasi



Yüklə 28,15 Kb.
səhifə5/7
tarix07.04.2023
ölçüsü28,15 Kb.
#94439
1   2   3   4   5   6   7
Metodologiya tushunchasi

4. Anketa metodi
Anketa metodi hammaga tanish bo`lgan usullardan biri. Lekin ko`pincha anketani o’tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma`lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko’ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo`linadi.
Ochiq anketa respondentdan o`z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo`lib, tekshiriluvchi o`ziga ma`qul bo`lgan, o`zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo`lgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo’yilgan vazifaga yetarli darajada mas`uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan o`z fikriga ergashtirishga o’xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo`lmasligidir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo’shimcha fikr bildirish uchun qo’shimcha qatorlar qoldiriladi.
5. Sotsial psixologik testlar
Sotsial psixologik testlar. Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo`lib, ular yordamida u yoki bu Sotsial psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul testda tekshiriladi. Testlar 20-30chi yillarda paydo bo`lgan bo`lib, ular hayotga, amaliyotga shunchalik chuqur kirib keldiki, hattoki maxsus soha psixometrika paydo bo`ldi. Testlarni qo’llashning qulaylik tomoni bir test yordamida bir ob`yektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko’rish bu testni faqat qanday turdagi ob`yektda sinalgan bo`lsa, shunga o’xshash ob`ektlardagina qo’llash mumkin. Qolaversa, bunda olingan ma`lumotlar nisbiy xarakterga ega bo`ladi. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, testlar ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o’rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo`qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo’llanilmoqda.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob`yektlarda sinovdan o’tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni o`rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o’xshash). Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashxur Kettel testi paydo bo`ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo`ldi.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o`z "KALITI" bo`ladi va bu kalitning egasiga maxsus litsenziyalar ya`ni kelishuviga ko’ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo`ladi. "Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo`lgan testlarga kelsak, masalan, o’sha Kettel testi yoki Ayzenkning testlarini bizning O`zbekiston sharoitimizda ishlatish kerak bo`lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni amaliyotda qo’llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2-3 ming kishilik ob`yekt, ya’ni odamlar kerak. Shundagina bu metod moslashtirilgan hisoblanadi va to’plangan ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.

Yüklə 28,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin