Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy me’yor — insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqa-
ruvchi harakatlar qoidasi.
Ijtimoiy nazorat — ijtimoiy munosabatlarning jonli pardasini
saqlaydi va o‘zida jamoat tartibini saqlashning o‘ziga xos me-
xanizmi.
Noijtimoiy (texnik) me’yor — me’yorlar inson va tashqi dunyo,
tabiat, texnika vositalari o‘rtasidagi munosabatni nazorat qiladi.
Ijtimoiy me’yor — shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u ja
miyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va
ko‘pchilik tomonidan e ’tibor etilgan harakatlar talablari hamda
tartib va qadriyatlarning himoyachisidir.
Ijtimoiy sanksiya — jamiyat uchun ahamiyatga ega vaziyatda
shaxsning xatti-harakatlariga ijtimoiy guruh yoki jamoatchilik-
ning munosabati.
Roi — shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchla-
ridan iborat harakatlari majmuini bildiradi.
Rollardagi nizolar — ma’lum bir rolni egallab turgan shaxsdan
uning atrofidagi m aium bir guruh kutayotgan kutuvlarni amalga
oshirilishi jarayonida sodir boiadigan to‘qnashuv.
Nazorat savollari: 1. Ijtimoiy me’yorlarning kelib chiqish bosqichlariga tavsif.
2. Barcha me’yorlar uchun qanday xususiyatlar umumiy hisob
lanadi?
3. Rollardagi nizolarga misol keltiring
4. Qanday uyg‘unlikdagi sanksiyalar mavjud, ularning har
biriga misollar keltiring.
5. Udum va marosim me’yorlarining farqli va o‘xshash jihat-
larini ajrating.
Mustaqil ish mavzulari: 1.
Ijtimoiy
me’yorlarning
zamonaviy
psixologiyada
o‘rganilishi.
2. Ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirish va qabul qilishning milliy
mentalitetga xos jihatlari.
3. Rollar bilan bog'liq nazariyalarning xorij va rus psixologi-
yasida o‘rganilishi.
TEST