Ijtimoiy me’yorlarning kelib chiqishi Atrofimizni qurshab turuvchi borliq (tashqi olam)dagi mavjud boimish barcha narsa va hodisalar o‘z rivojlanish va kelib chiqish tarixiga ega. Xuddi shuningdek me’yorlar ham. Ijtimoiy me’yorlarning turli ko‘rinishlari bir vaqtning o‘zida yuzaga kelmagan, balki zaruriyat tug‘ilganligiga qarab birin-ke- tin vujudga kela boshlagan. Jamiyat rivojlangan sari ular murak- kablashib borgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy me’yorning dastlabki turlari ibtidoiy jamiyatda marosimlar (ritual) bo‘lgan. Marosim — oldindan bajarilishining qat’iy shakli belgilangan asosiy va muhim boigan o‘zini tutish qoidalari. Marosimning o‘zi unchalik muhim emas — eng asosiysi uning shaklidir. Ibtidoiy odamlarning hayotidagi ko‘p hodisalar rituallar (marosimlar) yordamida o‘tkazilgan. Bizga ma’lumki, qabiladoshlarni ovga yuborish, sardorlik lavozimini egallash, sardorlarga sovg'a taqdim etish marosimlari boigan. Marosimlardan so‘ng udum- lar ajrala boshladi. Udumlar o‘zida ramziy ma’nodagi harakat- larni o‘tkazishdagi ba’zi qoidalarni aks ettiradi. Marosimlardan farqli o‘laroq udumlarda shunday xususiyat borki, ular axloqiy (ideal) maqsadli va odam psixikasiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Insoniyatning yangi va yuqoriroq rivojlanish bosqichlarining ko‘rsatkichlari bo‘lmish odatlar keyingi davrlarda rivojlangan ijti- moiy me’yorlardir. Ibtidoiy davrda rivojlangan yana bir ijtimoiy me’yor turi bu diniy me’yorlardir. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi oldida o‘zining zaifligini sezar va uni xudoning kuchi deya qabul qilishar- di. Dastlab, diniy sig‘inish obyekti aniq bir buyum — «fetish» bo‘lgan. Keyinchalik odamlar biror-bir hayvon yoki o‘simlikka — «totem»ga sig‘inishgan, chunki uni o‘zining himoyachisi va ajdodlari deb hisoblashgan. Ilk ibtidoiy jamiyatda odat va diniy me’yorlar bilan parallel ravishda axloq me’yorlari ham shakllangan bo‘lib, ularni ijtimoiy me’yorlar deb atash mumkin. Ularning vujudga kelgan vaqtini aniqlab bo‘lmaydi. Faqat shuni aytish mumkinki, axloq insoniyat jamoatchiligi bilan birga yaraladi va ijtimoiy nazorat- ning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Davlatlarning paydo bo‘lishi bilan birga dastlabki huquqiy me’yorlar yuzaga kelgan.