nazariy qarashlardagi olimlar turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladngan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin “metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan ham kengroqdir.
Psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot ob’ektini tanlashni, qo’lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
Psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qo’llash avvalombor shu tadqiqot maqsadlaridan va o’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda psixologiya metodlarining kim tomonidan qo’llanilishi ham juda muhim hisoblanadi. Psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qo’llanilayotgan metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni o’rganishga mosligi bilan belgilanadi. Har qanday psixologik tadqiqot ob’ektini o’rganish dasturini tuzishdan boshlanadi. Bu dastur o`z ichiga quyidagilarni oladi: nazariy va amaliy vazifalarni tadqiqot o’tkazish jarayoni va texnik vositalari tadqiqot taxmini Tadqiqot metodi va metodikalarini aniklash reprezintativ tekshiriluvchilarni tanlashni Tadqiqot taxmini-tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan ilmiy faraz. Bu taxmin o’tkaziladigan tadqiqot natijasida isbot qilinadi. Tadqiqot metodi-bu tadqiqotchini qiziqtirgan axborotni qo’lga kiritish yuli, vositasi.