Soliq islohotlari konsepsiyasi WW W .SO LI Q .UZ 2004 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi
davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mehnatga haq
to‘lash fondidan ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar to‘lash o‘rniga,
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash
fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash joriy etildi.
2019 yil yanvardan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga
muvofiq,budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta
badallari hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor
qilindi. Soliq kodeksiga asosan 2020 yildan budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga ijtimoiy soliq
joriy etildi.
Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi: WW W .SO LI Q .UZ O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga
oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar,
chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari
ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan
ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan
chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’ektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik
faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq
solish ob’ektidir.