Kirish Ijtimoiy sugʻurta - davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni taʼminlash, yordam koʻrsatish tizimi. Ix. kutilmagan ijtimoiy hodisalar turlari (kasallik, i.ch.dagi baxtsiz hodisalar, nogironlik, keksalik, homiladorlik, oʻlim hollari), hududiy doirasi (davlat sugʻurtasi, mahalliy darajadagi, kasb-tarmoq, xalqaro) boʻyicha turkumlanadi, koʻngilli va majburiy turlarga boʻlinadi. Davlat sugʻurta jamgʻarmasi, shuningdek, jamoa va xususiy jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti ekspertlari ijtimoiy sug‘urta modellarining jahon tajribasi hamda ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot masalalari, aholini ijtimoiy himoya qilinishi xususida o‘z tahlillarini keltirdi.
Ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot masalalari har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida eng dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilinishi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
1.Ijtimoiy sugʻurta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Yangi yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi – kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy o‘sish hisobiga erishiladi” deya ta’kidlagani bejiz emas, albatta. Kambag‘allikni qisqartirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davomida aholining ehtiyojmand qismi manzilli qo‘llab-quvvatlanadi, zaruriy ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olinadi.
2021 yildan boshlab vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshirilishi va bunda 6 ta hujjat talab etiladigan eski byurokratik tartibning bekor qilinishi ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirishga e’tibor qaratilayotganining yaqqol misollaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy himoyani tashkil qilishda ijtimoiy sug‘urta tizimlari muhim rollardan biri sifatida qaraladi.
Har bir mamlakatda fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtasi o‘zining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy yo‘lidan o‘tdi, ammo ularning rivojlanishi uchun qo‘yilgan vazifalarning barcha o‘xshashligi bilan ularni hal qilish usullari va yondashuvlari sezilarli darajada farq qiladi. Ijtimoiy sug‘urta davlat ijtimoiy siyosatining asosiy qismidir. Mamlakatda rivojlangan ijtimoiy sug‘urta tizimi fuqarolarga samarali himoya mexanizmlarini taqdim etadi va shu bilan birgalikda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi va jamiyatda ijtimoiy birdamlik muhitini yaratadi. Bugungi kunda bir-biridan tuzilishi bilan ham, moliyalashtirishning turli usullari bilan ham farq qiluvchi turli xil ijtimoiy sug‘urta tizimlari mavjud.