Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar manaviy-axloqiy tarbiyasiga psixologik ta’siri nasriddinov Abdulvahob Abdulboqi o’gli



Yüklə 12,77 Kb.
tarix13.12.2022
ölçüsü12,77 Kb.
#74306
IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MANAVIY AXLOQIY TARBIYASIGA PSIXOLOGIK


IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MANAVIY-AXLOQIY TARBIYASIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI
Nasriddinov Abdulvahob Abdulboqi o’gli
Andijon davlat universiteti” talabasi
Rasuljonova Saida Abduvohid qizi
Andijon davlat universiteti” talabasi


ANNOTATSIYA
Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo miqyosida mafkuraviy-g’oyaviy tahdidlarni targ’ibot va tashviqot etishda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g’oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor.
Kalit so‘zlar: Axborot, global, mafkura, internet, ma’naviy tahdid, ijtimoiy tarmoq, virtual muloqot, ma’naviyat, tengdoshlar


KIRISH
Bugungi kunga kelib, internet tizimining ijtimoiy tarmog’ida ma’naviy, axloqiy tubanlikni “targ’ib” etuvchi sahifalarning soni bir nech yuz miliondan oshayotganligi insoniyatni yanada tashvishlantiradi. Hozirgi davrda sodir bo’ladigan urushlar yadroviy poligonlarda emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning ko’p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir. Chunki, Globallashuv jarayonida mafkuraviy ta’sir o’tkazish ko’lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko’rinadi. Inson o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog’lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo„lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Internet tizimining ijtimoiy tarmog’idan olingan narsa to’g’ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda. Ular g’arazli maqsadlari yo’lida bizning ba’zi tengdoshlarimizda buzg’unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to’kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan tengdoshlarimiz vaqt, umr g’animat ekanini doimo yodda saqlamog’i lozim. Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo’lib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz o’tkazib yuborish bilan birga ba’zi bir tengdoshlarimiz o’jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor etadi.
Darhaqiqat, bugun axborot ko’p va tez kirib kelayaptiki ularni “hazm” qilish uchun teran tafakkur va keng dunyoqarash talab etiladi. Ayniqsa internet tizimining ijtimoiy tarmoq olami bolalar va biz yoshlar e’tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi davrda ayrim kompyuter o’yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin. Bugun dunyo aholisining 90 % dan ortig’ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo’qdek. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb o’ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo’lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko’zlagan insonlar o’tirmasligini o’nlab misollar bilan asoslash mumkin. Ayniqsa, yoshlarda bunday holat ko’proq yolg’iz qolish istagining kuchayishida namoyon bo’ladi.
Manbalarda ijtimoiy tarmoq – odamlarning muloqot qilish, o’xshash qiziqishlari yuzasidan boshqa odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun foydalanadigan onlayn platforma deb ta’rif berilgan. Ilk bor odamlar o’rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko’rinishi paydo bo’ldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog’lanishning ilk ko’rinishi edi. Dastlab ikki kishi o’rtasida ma’lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma’lumot almashuv keyinchalik guruhlar o’rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o’z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o’tgan asr o’rtalarida muloqotning virtual ko’rinishi haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o’tishgan. Ijtimoiy tarmoq atamasini alohida tushuncha sifatida 1954 yil Manchester maktabi namoyondalaridan biri J.Barns ilmiy manbalarga kiritgan. Internet tarmog’ida insonlar o’rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog’lashadi. Aslida ham shunday. Siz virtual olamda tez va qulay muloqotni kunning yoki tunning istalgan vaqtida o’rnatishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz bilan yozishib, gaplashib, uni ko’rishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter yoki telefon va internet bo’lsa kifoya.
Bugungi kunda mashhur bo’lgan ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifasiga ega bo’lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko’rish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 70% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko’pchilik yoshlar o’z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar.
Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo’lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o’zining doimiy ko’rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar ko’pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson o’zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi.
Bolalar va biz yoshlarningning hovli va ko‘chalardagi muloqotlarimiz hozirda haqiqiy hayotdan asosan, aynan, chetichegarasi yo‘q ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga va biz yoshlarga shunisi bilan ham qiziqroqki, avvolo, tarmoqda ko‘proq «do‘st» orttirish imkoni mavjudligi. Tarmoqda muloqot qilarkanmiz, biz yoshlar o‘zimizni omadli bola qilib ko‘rsata olamiz. O‘zgalar rolida o‘zlarimizni taqdim etib, turli yolg‘on dunyolarga berilib ketamiz. Ba’zi uyatchang va tortinchoq yoshlar uchun ehtimol tarmoqdagi muloqotlarning foydali jihatlari bordir, vaqti kelib, haqiqiy hayotda bu muloqotlar o‘z samarasini berishi ham mumkin.
Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi. Ular har yerda o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin. Zamonaviy pedagog va psixologlar hozirga qadar virtual muloqot bola shaxsiy shakllanishiga qanday ta’sir etishi haqida bir xulosaga kelmaganlar. Ayrimlar bu faqat salbiy xususiyatlarnigina shakllantiradi deb bilib, bolalarning insonlararo munosabatlarida o‘zlarini tutish, histuyg‘ularini namoyon etish va mimikalariga yomon ta’sir etishini ta’kidlasalar, boshqalar virtual muloqot — zamonaviy kommunikatsiyaning juda qulay va yengil usulidir deb biladilar. Bolani Internetda muloqot qilishga o‘rganib borishida, ularga tarmoqda umuman, o‘z shaxsiy ma’lumotlari, uy telefoni raqami, manzili, shuningdek, ota-ona va yaqinlarining shaxsiy ma’lumotlarini berish mumkin emasligini tushuntirish zarur.
Virtual «do‘stlarimiz» orasida yomon niyatli kimsalarga duch kelish xavfi va ular bilan haqiqiy hayotda uchrashishlarimiz, ishonuvchan odatlariga ko‘ra begonalar bilan dildan suhbatlashishlarimiz xavfini alohida ta’kidlashlari zarur.
Bunday muloqotlar ko‘pincha kiberjinoyatchilar uchun juda qulay sharoit ekanligini har birimiz bilmog‘imiz lozim. Ommaviy tarqatiladigan spam, iltimos bilan murojaat etiladigan SMS xabarlar, allaqanday shubhali «Tanlov»lar haqidagi e’lonlarga ishonmaslik — umuman, kompyuterga zanjirsiz bog‘lanib, butun hayot yo‘lini qora dog‘ bilan bulg‘ashimizga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli axborotlarga aldanmasligimizni ongimizga sig’dirishimiz zarur.
Bugungi kunda ayrim ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda 13 yoshga to‘lmagan bolalarni ro‘yxatga olmaslik uchun cheklovlar qo‘yilgan. Ayrim kompyuter operatsion tizimlarida ham «ota-ona» nazorati funksiyasi mavjud bo‘lib, bolalarni tizimdan foydalanish vaqtlariga cheklov qo‘yish imkoni mavjud. U kompyuterdan o‘rnatilgan vaqtdan ortiqcha foydalanish imkonini bermaydi va avtomatik ravishda ishini to‘xtatadi. Agar farzandingizga kompyuter sotib olib, undan bilimlari doirasini kengaytirish maqsadida foydalanishiga ruxsat bergan ekansiz, bu bilan o‘zingizning ham oldingizga mas’uliyatli vazifalar paydo bo‘lganini unutmasligingiz zarur aziz ota-onalar!
XULOSA
Tadqiqotimizdan xulosa shuki, biz tadqiq qilayotgan ommaviy madaniyatning ijtimoiy tarmoqdagi salbiy illatlari har doim ham yaqqol namoyon bo‘lavermaydi. Ammo mayda-chuyda ikir-chikirlar bo‘lib ko‘ringan masalalar kelajak avlod tarbiyasida chuqur salbiy iz qoldirishi mumkin. Bu borada asosiy e’tibor milliy qadriyatlarni avaylab asrash hamda yosh avlodni ajdodlar namunasi asosida tarbiyalash ekanligi hamda buzg‘unchi ommaviy madaniyatning salbiy ijtimoiy tarmoqqa qarshi kurashishning eng samarali yo‘li yoshlarimizda barqaror mafkuraviy immunitet shakllantirish bugungi kun haqiqatidir
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.I.A.Karimovning Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.-T.: “Ma’naviyat”. 2008.
2. Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya T.: “Movaraunnahr”, 2016
3. Tashmetov, T. X. (2021). Global yutuqlardan foydalanishda milliy g’oyaning samaradorligini oshirish mexanizmlari. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES jurnali
4. P.Taranov. Yuqori ong ensiklopediyasi, 1999
Yüklə 12,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin