9.Xulosa va takliflar Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo’lgan korxonalarning barqaror o’sishiva rivojlanishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uning ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish salohiyatini hamda kadrlarini faol vanofaol iqtisodiy tahdidlardan, masalan,davlatning samarasiz ilmiysanoat siyosatidan yoki tashqi muhitda yuzaga kelgan
tahdidlardan himoyalanganligidir. Mahsulotlar va xizmatlar sotishning sifati, korxonaning muvaffaqiyatining katta qismidir. Bu sababli, korxonalar mahsulotlarni sifatini oshirish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan tadbirlarni belgilashda katta e'tibor berishadi.