Ikkilamchi resurslardan foydalanish.. Bajardi: komolov eldor. Tekshirdi: jumanova. S



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə2/2
tarix02.02.2022
ölçüsü30,17 Kb.
#52013
1   2
EKALOGIYA Q

ISTE’MOL CHIQINDILARI Ma'lumki, polimerlar (“poli” - ko'p, “mera” - qism) – bu tabiiy yoki sintetik yuqori molekulyar birikmalardan tashkil topgan moddalardir. Polimerlar quyi molekulyar moddalar, ya'ni monomerlardan (“mono” - bir demakdir) hosil qilinadi. Masalan, polietilen (PE) etilen gazidan, polipropilen (PP) propilen gazidan, kraxmal glyukozadan olinadi va hokazo. Kelib chiqishi yuzasidan polimerlar 3 xil bo'ladi. 1. Tabiiy polimerlar (stellyuloza, kraxmal, lignin, pektin, tabiiy kauchuk, guttarpercha, tabiiy ipak, oqsillar, shuningdek charm va mo'yna sanoatining asosiy xom-ashyosi bo'lgan kollagen, keratin (jun va boshqalar), o'simliklar va hayvonot olamining asosiy tarkibiy qismi hisoblansa, hayvonot olamida tiriklikning asosini oqsil moddalar, garmonlar va fermentlar tashkil qiladi. Agar to'qimachilik sanoatida stellyuloza asosiy xom-ashyo hisoblansa, oziq-ovqat sanoatining asosini kraxmal tashkil etadi. 2. Sun'iy polimerlar (stellyuloza efirlari, xlorlangan kauchuk (xlor-kachuk), ftorlangan polimerlar) tabiiy polimerlarga kimyoviy ishlov berish yo'li bilan hosil qilinadi. 3. Sintetik polimerlar (PE, PP, polistirol (PS), polivinilxlorid (PVX), organik shisha, poliuretan (PU), poliamid (PA) va boshqalar)tabiatda uchramaydi, ular monomerlardan polimerlanish yoki polikondensatlash reakstiyalari yordamida sintez yo'li bilan hosil qilinadi. Polimerlar mahsulot (plenka, tola, quvur, naycha va boshqalar) olish uchun “toza” holatda kam ishlatiladi, chunki ularning issiqlikka chidamliligi past, mustahkamligi metallar va ularning qotishmalarining mustahkamligiga nisbatan ancha kichik, ultrabinafsha nurlari ta'sirida murtlashib tez parchalanib ketadi. Shuning uchun issiqxonalarda ishlatiladigan PE plenkalarining qo'llanish muddati 1-1,5 yildan oshmaydi.16 Polimerlarning ushbu kamchiliklarini tuzatish, fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilash va mahsulot narxini pasaytirish uchun tarkibiga boshqa turdagi moddalar (ranglar, yumshatgichlar, barqarorlashtiruvchi moddalar, antistatiklar va boshqalar) kiritiladi. Bunday materiallarga plastmassalar deyiladi. Plastmassa ishlab chiqarish jarayonida reaktorlar, monomerlar va organik erituvchilar saqlanadigan omborxonalar atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy ob'ektlar hisoblanadi. Bundan tashqari, viskoza ipagini ishlab chiqarishda uglerod va oltingugurtning vodorodli birikmalari ajralib chiqadi. Sun'iy ipakning quritish jarayonida turli xil uglevodorodlar hosil bo'ladi. Bir tonna viskoza ipagi ishlab chiqarishda 27,5 kg oltingugurt uglerodi (CS2) va 3 kg vodorod sulfidi (N2S) ajralib chiq adi. Bir tonna naylon tolasi ishlab chig`arishda 3,5 kg uglevodorod va 7,5 kg yog` bug`lari ajralib chiqadi. Plastmassa ishlab chiqarish jarayonida fenol, amin, yumshatgichlar, kimyoviy reakstiyalarni jadallashtiruvchi moddalar (katalizatorlar), efir moylari, organik kislotalar va x. ajralib chiqadi. Sintetik kauchuk ishlab chiqarishda atmosfera havosiga uchuvchan monomerlar (izopren, stirol, butadien, xlorpren) va erituvchi moddalar (divinil, toluol, benzol, asteton va boshqa birikmalar) ajralib chiqib, atrof-muhitni ifloslantiradi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, qattiq plastmassa mahsulotlari oddiy xona haroratida zararli emas. Ammo ularga ishlov berish jarayonida u yoki bu zaharli moddalar ajralib chiqadi. Plastmassa mahsulotlarining tizimi va tarkibiga qarab ularning suyuqlanish haroratlari ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, polietilen (PE) 120-135°S da, polipropilen (PP) 160-172°S da, poliamid-12 (PA-12) 178-180°S da, poliamid-610 (PA-610) 213-222° S da, poliamid-66 (PA-66) 252-265°S da, polikarbonat (PK) 220-240°S da, polietilentereftalat (PETF) 225-267°S da, politetraftoretilen (PTFE) 320°S da, poliformaldegid (PF),173-180°S da suyuqlanadi, 17 ya'ni qattiq holatidan suyulma holatiga o'tadi. Mana shu holatda mahsulot tarkibidan zaharli gaz va bug`lar ajralib chiqishi mumkin. Quyidagi jadvalda plastmassa ishlab chiqarish stexlarida zaharli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konstentrastiyalari (REChK) keltirilgan. № Moddalar REChK, mg/m3 № Moddalar REChK, mg/m3 1 Qalay 0,05 13 Xlorli vinil 5 2 Sinil kislotasi 0,3 14 Dixloretan 10 3 Izostianatlar 0,5 15 Kaprolaktam 10 4 Geksametilendiamin 1 16 Furfurol 10 5 Formaldegid 1 17 Ammiak 20 6 Ftal angidrid 1 18 Benzol 20 7 Xlor 1 19 Xlorli vinil 30 8 Asbest va shisha tolalarning changlari 3 20 Ksilol 50 9 Aminoplastlar va fenoplastlarning changi 3 21 Toluol 50 10 Stirol 5 22 Asteton 200 11 Uksus kislotasi 5 23 Benzin 300 12 Fenol 5 24 Etil spirti 100018 Shuni alohida ta'kidlash kerakki, qattiq plastmassalar va erituvchisiz suyuq katronlar (masalan, epoksid katroni) o'z-o'zidan yonmaydi, ular faqat yuqori haroratlar ta'sirida yonishi mumkin. Reaktoplastlar (poliefirlar, epoksid katronlari va boshqalar), ftoroplastlar, polivinilxlorid o'tda yonadi, ammo alangani uzoqlashtirganda uchib qoladi. Termoplastlar guruhiga mansub bo'lgan polimer materiallari (polietilen, polipropilen, organik shisha, poliformadegid, polistirol, poliuretan va ularning sopolimerlari) yonuvchan materiallardir. Stelluloid va nitrostellyuloza etroli nihoyatda tez yonadi. Ularning katta (50 kg dan yuqori) miqdorini yondirganda portlash hosil bo'lishi mumkin. G`ovak poliuretan yonganda sinil kislotasi va poluilendiizostioanatlarning zaharli bug`lari hosil bo'ladi va ularning miqdori REChK sidan o'nlab va yuzlab marotaba oshib ketishi mumkin. 1kg g`ovak poliuretan yonganda 0,324 - 4,075 g/soat poluilendiizostionat va 0,538 - 4,320 g/soat sinil kislotasining bug`lari hosil bo'ladi. Plastmassa changining ma'lum konstentrastiyalari portlashni vujudga keltirishi mumkin. Plastmassa changlarining portlashni vujudga keltiradigan konstentrastiyalari quyidagi jadvalga keltirilgan. № Plastmassa turlari Alangalanish harorati, 0S Changning xavfli portlash konstentrastiyasi, g/sm3 (quyi chegara) 1 Karbolit 100 dan yuqori 22-124 2 Am inoplast 799 27,7 3 Organik shisha 579 12,6 4 Polietilen 400 12,6 5 Polipropilen 890 12,6 6 Polistirol 750 30 7 Polivinilxlorid 500 100 8 Poliformaldegid 530 20 9 Polivinil butiral 725 22,719 Termoplastlarning harorati ularning parchalanish haroratiga etganda (o't olish haroratidan 150-200°Sga past bo'lgan haroratlarda) portlanuvchi va yong`inga xavfli bug`lar ajralib chiqadi. Masalan, polistirol parchalaganda stirol bug`lari ajralib chiqadi. Stirolning havodagi REChK si 5mg/m3 dan oshmasligi kerak. Uchuvchan organik erituvchilarning portlash va yong`inga xavflilik xossalari quyidagi jadvalga keltirilgan. № Erituvchilar Chaqnash xarorati, °S O'zo'zidan alangalanish, °S Havoda bug`larning portlashga xavfli konstentrastiyalari, % Kuyi chegara Yuqori chegara 1 Benzol -16 580 1,5 9,5 2 Toluol 5 553 1,3 7,0 3 Ksilol 20 500 3,0 7,0 4 Benzin -25 230-260 1,2 7,0 5 Asteton -20 500 2,0 13 6 Etilastetat -5 484 2,2 11,4 7 Dixloretan 12 404 6,2 15,9 8 Piridin 20 573 1,8 12,4 9 Etil spirti 12 404 3,3 19,0 10 To'rt xlorli uglerod ALANGALANMAYDI 11 Uch xlorli etilen ALANGALANMAYDI Ushbu jadvaldan ma'lumki, erituvchilarning chaqnash haroratlari nihoyatda past bo'lib, ular yuqori haroratlar ta'sirida o'z-o'zidan alangalanishi mumkin. Shuning uchun ularni yopiq idishlarda olovdan va elektr uchqunlaridan uzoqroq joylarda saqlash lozim.

UTILIZATSIYA CHIQINDILARI. Plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida presslash, bosim ostida qoliplarga quyish, ekstruziyalash va boshqa ishlov berish usullari, sanoatning ko'pgina tarmoqlarida keng qo`llaniladi. Polimer materiallariga ishlov berish jarayonida qariyb 20 xil buzuq yoki ishga yaroqsiz mahsulotlar hosil bo'ladi. Chiqindilarning umumiy miqdori dastlabki xom-ashyoning massasiga nisbatan turli mahsulotlar uchun 5% dan 25% gacha tashkil etishi mumkin. Masalan, poyafzallarni ustki qismi uchun qo`llaniladiigan polimer materiallarining miqdori ularning naviga va bichish texnologiyasiga qarab 69-87% tashkil etadi xolos. Materiallarning qolgan miqdori (13-31%) chiqindi bo'lib qoladi. Ishlab chiqarishda buzuq, ishga yaroqsiz polimer mahsulotlarning paydo bo'lish sabablari, ularning asosiy turlari va mikdori quyidagilardan iborat. 1. Olinadigan plastmassa maxsulotiga shakl beruvchi qolip tozalanmagan bo'lsa, yoki polimer xom-ashyosining namlik darajasi yuqori bo'lsa, yoki u omborxonalarda noto'g`ri saqlangan bo'lsa, unda olinadigan mahsulot sirtida boshqa materiallarning qo'shimchalari yopishib qolishi mumkin. Bunday buzuq va ishga yaroqsiz maxsulotlarning miqdori 27% ni tashkil etmoqda. 2. Suyulma tarkibidagi havo yoki gazlarning qolipdan chiqishi qiyinlashganda yoki qolip nobarobar qiziganda mahsulot nursiz, jilosiz bo'ladi, sirtida chiziqlar, nuqtalar va g`ovakliklar paydo bo'ladi. Bunday buzuq mahsulotlarning miqdori 21% ni tashkil etmoqda. 3. Qolip polimer materiali bilan to'lmay qolsa (ya'ni, puanson va matrista (qolip) orasidagi masofa kattaroq bo'lganda suyulma behudaga tashqariga oqib chiqadi), yoki bosim kichik bo'lib material oqmay qolganda, buzuq mahsulotlar paydo bo'ladi. Ularning miqdori 9% ni tashkil etmoqda.21 4. Ba'zan mahsulot sirtida bir tomonlama yoki ikki tomonlama qavariqlar va yorishmalar paydo bo'ladi. Buning asosiy sababi - bosim pasayishi bilan polimer suyulmasi tarkibidagi gazlar uning sirtiga shishib chiqadi. Bunday mahsulotlarning miqdori 7% ni tashkil etmoqda. 5. Ishlab chiqarishda polimer materiali to'la erimasdan suyulma bilan qurshab olingan lo'ndalar paydo bo'ladi. Suyulma oquvchan bo'lganda mahsulot sirtida chiziqlar paydo bo'ladi. Bunday buzuq mahsulotlarning miqdori 6% ni tashkil etmoqda. 6. Mahsulotningi qolipdan olish paytida u deformastiyaga uchrashishi mumkin, yoki uni sovitilganda bir tekis sovilmaydi, qiskarishi (o'tirishi) mumkin, tob tashlashishi (qiyshayishi) mumkin. Boshqacha qilib aytganda, olinadigan mahsulotningi o'lchamlari loyihadagi andoza va o'lchamlarga mos kelmasligi mumkin. Bunday mahsulotlarning miqdori 4% ni tashkil etmoqda. 7. Suyulmaning yo'naltiruvchi vtulkalarning ifloslanishi va tikilib qolishi natijasida bosim tasodifan kamayib borib mahsulotda yorishmalar paydo bo'ladi. Olinadigan mahsulotningi qalinligi ruxsat etilgan qalinlikdan 0,3-0,6 mm ga, qatlamli va tolali materiallar uchun esa 0,6-1,0 mm gacha oshib ketishi mumkin. Bunday buzuq va ishga yaroqsiz mahsulotlarning miqdori 2-4% ni tashkil etmoqda. Ma'lumki, oxirgi yillarda respublikamizda va viloyatimizning barcha shirkat xo'jaliklarida chigitni plyonka ostida ekish texnologiyasi joriy etildi. Buning uchun qalinligi 20-30 mkm va eni 50 sm bo'lgan polietilen plyonkalaridan qo'llanib kelinmoqda. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligi mashina-traktor hamda avtojamlanmalar parklarida ishlatish muhlatini o'tab bo'lgan va hozirgi paytda yig`ilib qolgan rezina shinalari mavjudki, ularni regenerastiya qilish (ya'ni, dastlabki xossalarini tiklash) ancha qiyinchiliklarni tug`dirmokda. Hozirgi paytda bir marotaba qo`llaniladiigan plastmassa mahsulotlari (issiqxonalarda qo`llaniladiigan plyonkalar, 22 shpristlar, chigitni ekishda qo'llanilgan plyonkalar, “Fanta”, “Koka-Kola”, “Amir Temur”, “Bonakua” ichimliklari idishlari, shampunlar va lok-buyoqlar idishlari, avtoshinalar va boshqalar), katta hajmda yig`ilib qolganligi ko'pchilikka ma'lum. Foydalanish muhlatini o'tab bo'lgan bunday plastmassa mahsulotlariga “chiqindi” sifatida qarash, ularni erga ko'mish yoki yondirib yuborish – atrof-muhit tarkibini buzish demakdir. Bunday materiallar turli xil bakteriya va mikroorganizmlar ta'sirida parchalanmaydi va zanglamaydi. Shuning uchun ularga qayta ishlov berish yo'li (presslash, bosim ostida qoliplarga quyish, ekstruziyalash) bilan sanoatning ko'pgina tarmoqlarida qo'llash mumkin. Masalan, ichimlik idishlari va plyonkalarni rezina kukunlari bilan aralashtirib, hosil bo'lgan qorishmadan poyafzal tagliklari yoki turli diametrli quvurlar, hamda plyonkalar ishlab Chiqarish mumkin. “Chiqindilar” ni yanchib kukun shakliga keltirish va ularning tarkibiga ishlab Chiqarish korxonalaridagi chiqindilarni kirgizib, yaxshilab aralashtirib ularni presslash yo'li bilan mustahkam, ishga chidamli mahsulotlar olish bilan birga, atrof-muhitni ifloslanishining oldini olish mumkin. “Chiqindilar” hisobiga olingan bunday mahsulotlarning narxi ham arzon bo'ladi va ularni qo'llash muddatlari ham 2-3 baravar uzaytiriladi. Polimer filtrlari, ularning kullanish sohalari va tanlash shartlari Polimerlarga ma'lum ishlov berish usullari (presslash, bosim ostida qoliplarga quyish, ekstruziyalash va b.) yordamida ishga chidamli, sifatli, arzon va mustahkam polimer mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Polimer materiallaridan nafaqat turli diametrli naycha va quvurlar, elektroizolyastion materiallar, qutti va idishlar, uyro'zg`or buyumlari, stol va stullar, tola va plyonkalar tayyorlanadi, balki ulardan ishga chidamli filtrlar sifatida ham sanoatda keng qo'llanilib kelinmoqda. Polimer plenkalari va tolalarning g`ovakligini oshirish va ulardan polimer filtrlari sifatida qo'llanish polimerlar texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan23 hisoblanadi. Polimer plenkalari yuqori elastiklik xossasiga ega ekanliklari tufayli ularning g`ovakligini bosim ostida kamaytirish yoki tashqi kuch ta'sirida cho'zib ularning g`ovakligini oshirish mumkin. Hozirgi paytda polietilentereftalat plenkalarini suyuqliklar muhitida cho'zib uning g`ovakligini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Ammo polimerlarni to'ldirgich bilan to'ldirish – yuqoridagi muammoning eng samarali echish yo'li hisoblanadi. To'ldirgich sifatida ishlab Chiqarish chiqindilari qorako'ya (saja), kukun, yanchilgan toshlar, shishalar, ingichka tolalar, marmar uni, yog`och uni, bur, kaolin, grafit, tuf, alyumosilikatlar va boshqa materiallar qo`llaniladii. Ular yanchish qurilmalarida chang holatiga keltiriladi va har bir zarrachaning o'lchami 10 mkm dan kichik bo'ladi. Polimer kukuni va to'ldirgich yaxshilab aralashtiriladi va press yordamida yuqori xaroratlar (180-220°S) da to'ldirilgan polimer plenkalari olinadi. Bunday polimer kompozistiyalar (kompozitlar)ning yaratilishi ko'pgina ekologik muammolarni echishga katta yordam berdi. Masalan, ko'mir, yog`och va mazut bilan ishlaydigan qozonxonalarda katta hajmlarda kukun va qorakuya yig`ilib qoladi va ular ma'lum ekologik muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ushbu korakuya va kukunlarni polimer tarkibiga to'ldirgich sifatida kirgizish nafaqat polimer mustahkamligini oshiradi, balki uning narxini ham pasaytiradi. Polimerning g`ovakligini oshirish uchun shunday to'ldirgichlar tanlanadiki, ularning zarrachalari suyuqlik muhitida reakstiyaga kirish qobiliyatiga ega bo'lsin. Masalan, osh tuzi (Na Cl) va bir qator ochiq g`ovakliklar vujudga keltiruvchi tuzlar (KHSOz, Na NSO3, NH4NH3, Na NO3) bilan to'ldirilgan polimerlar (masalan, polietilen) suvda yuviladi, ya'ni bu tuzlar suvda yaxshi eriydi va natijada g`ovak filtr hosil bo'ladi. G`ovakliklarning o'lchami to'ldirgich zarrachalarining miqdori va o'lchamiga bog`liq: to'ldirgich zarrachalarining o'lchami kichik bo'lsa, g`ovakliklarning o'lchami ham kichik bo'ladi. Bunday filtrlarni kimyo sanoatining24 barcha tarmoqlarida qo'llash mumkin. Ammo bunday filtrlarni tanlash uchun quyidagi shartlar inobatga olinishi kerak: 1. Filtr tarkibida to'ldirgich qoldiqlari bo'lmasligi kerak. 2. Filtr tarkibida zaharli moddalar bo'lmasligi kerak. 3. Filtr mustahkam, egilmas va uning narxi arzon bo'lishi kerak. 4. Plastmassa maxsulotlarining energetika va hisoblash texnikasi sohalarida qo'llanishi va tanlash shartlari Hozirgi zamon sanoatining o'sib borishi, xalq xo'jaligining rivojlanishi va turmush farovonligi mamlakat miqyosida ishlab chiqariladigan energiya turlari, hamda polimer materiallari va ulardan hosil qilingan ishga chidamli plastmassalar miqdoriga bog`liqdir. Oxirgi yillarda plastmassa va rezinalardan tayyorlangan plyonkalar, yopishqoq tasmalar, magnit lentalari, tolalar radiotexnika, elektronika, hisoblash va o'lchash asboblarida keng qo'llanib kelinmoqda. Masalan, teflon (politetraftoretilen)dan magnit lentalari ishlab Chiqarish texnologiyalari yo'lga qo'yilgan. Teflon yaxshi dielektrik bo'lib, uning fizikaviy va kimyoviy xossalari turli kimyoviy moddalar ta'sirida, yuqori haroratlarda, ayniqsa yuqori chastotali o'zgaruvchan tok ta'sirida o'zgarmaydi. Uning xullanmasligi kabel sanoatidagi ahamiyatini yanada oshirdi. Ushbu xossalar teflondan yuqori va o'ta yuqori chastotali toklar ostida ishlatiladigan izolyatorlar tayyorlash imkonini berdi. Polistirol (PS) tiniqlik jihatidan oddiy anorganik va organik shishalardan qolishmaydi. PS suvni shimmaydi, elektr tokini o'tkazmaydi va 90% gacha nur o'tkazish qobiliyatiga egadir. Shuning uchun PS kabel sanoatida va elektrotexnikada dielektrik sifatida keng qo'llanilib kelinmoqda. Polixlorpren kauchukka o'xshab ketsa ham, ammo alanga ta'sirida yonmaydi va shuning uchun elektr kabellarni qoplash uchun izolyator sifatida keng qo`llaniladii. 25 Organik shisha (polimetilakrilat, polimetilmetakrilat, volivinilastetat, polikarbonat) lar va ularning qorishmalaridan hosil qilingan parchalanmaydigan oynalar (“tripleks” lar) hisoblash mashinalarini va o'lchash asboblarini jihozlash uchun nihoyatda keng ishlatilmoqda.Polietilen (PE), teflon va yuqoridagi organik shishalarning ajoyib xususiyatlaridan biri–ularning tiniqligi, yuqori mustahkamligi va yuqori chastotali elektr toklarini o'tkazmasliklaridir. PE suv o'tkazmaslik xususiyati jihatidan barcha plastmassa turlaridan keskin farq qiladi. Shuning uchun PE dan suv ostida ishlatiladigan maxsus kabellar yasashda izolyator sifatida qo`llaniladii. Bundan tashqari, PE dan tayyorlangan turli qalinlikdagi plyonkalar va quvurlar radiotexnika, telefon, telegraf va elektrotexnikaning barcha tarmoqlarida (radiolakastiya, yuqori chastotali kabellar, televizion va telemexanika asboblari yasashda) muhim axamiyatga ega. Ammo plastmassa mahsulotlarini tanlash uchun quyidagi shartlar inobatga olinishi shart: 1. Plastmassalardan tayyorlangan mahsulotlar (organik shishalar, tasmalar, tola va plyonkalar, kabel izolyastiyalari va x.) atmosfera havosi, namlik, ultrabinafsha nurlari, harorat va suyuqliklar ta'sirida chidamli bo'lishi kerak. 2. Ushbu mahsulotlar yuqori chastotali o'zgaruvchan tok ta'sirida teshilmasligi kerak. 3. Dielektriklarning sirtida tirqishlar va yorishmalar bo'lmasligi kerak. 4. Hisoblash texnikasi va elektroenergetikada qo`llaniladiigan dielektriklar zarbaga chidamli bo'lib, estetik ko'rinishi yaxshi bo'lishi kerak. 5. Mahsulotlar barcha elektroizolyastion xususiyatlarga ega bo'lishi kerak (tokni o'tkazmaslik, alanga ta'sirida yonmaslik va b.).

CHET EL TAJRIBALARI ASOSIDA IKKILAMCHI RESURSLARDAN FOYDALANISH. Kimyo sanoati korxonalaridagi qattiq chiqindilar fizikaviy va kimyoviy xossalari va atrof-muhitga ta'siri yuzasidan nihoyatda xilma-xildir. Bu chiqindilar faolhmoddalardan tarkib topgan bo'lib, tuproqda, er osti va er usti suvlarida, hamda atmosfera havosiga qo'shilib ularni ifloslantiradi va ko'ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Kimyo sanoatida qattiq chiqindilarining quyidagi 3 manbalari ma'lum: 1. Xom ashyolarning qoldiklari, yarim mahsulotlar, material va buyumlar, xom ashyolarga fizikaviy va kimyoviy ishlov berish paytida paydo bo'ladigan mahsulotlar, shuningdek qazib olish va foydali qazilmalarni boyitish paytida paydo bo'ladigan chiqindilar. 2. Tabiiy va oqava suvlar tarkibida va iflos gazlarni tozalashda ushlab qolinadigan moddalar. 3. Uy-ro'zg`or chiqindilari Birinchi guruxdagi chiqindilar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'ladi. Material yoki mahsulot fizikaviy va kimyoviy xossalarni to'la yoki qisman yo'qotgan bo'ladi. Ma'danlarga ishlov berish jarayonida (masalan, apatito-nefelin ma'danlari, kaliyli, sulfatli, fosfatli va boshqa ma'danlarga ishlov berishda) hammasi bo'lib 30- 40% mahsulot olinadi, xolos. Materialning qolgan qismi chuqurliklar, xandaklar va kukun yig`gichlarda toshqol va kuyqum shaklida qolib ketadi.27 Ikkinchi guruhdagi chiqindilar asosan gazlarni mexanik usulda tozalash paytida chang ushlagich qurilmalarida paydo bo'ladi. Bu chiqindilarning miqdori nisbatan kamroq bo'lib, ular ishlab chiqarish jarayoniga qaytariladi. Filtrlarda yopishib qolgan changlar filtrga profilaktik xizmat ko'rsatish paytida filtrlovchi material bilan birga chiqarib tashlanadi. Ma'lumki, oqava suvlarni mexanik usulda tozalash paytida cho'kma va loyqalar paydo bo'ladi. Ular mineral va organik moddalarning suvli suspenziyalaridan tashkil topgan bo'ladi. Cho'kmalarning oqava suvlaridagi konstentrastiyalari 20-100 g/l gacha bo'lishi mumkin, ularning hajmi esa, sanoat va uy-ro'zg`or oqava suvlarni birgalikda tozalash stanstiyalarida 0,5 % dan 5 % gacha, mahalliy tozalash inshootlarda esa 10 % dan 30 % gacha bo'ladi. Cho'kmalarning tarkibi hamda fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo'lishi mumkin. Shuning uchun ularni uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Mineral cho'kmalar. 2. Organik cho'kmalar. 3. Ortiqcha faol loyqalar. Ma'lumki, aerastiya stanstiyalarida oqava suvlarni biologik usulda tozalash paytida panjaralardan va birinchi tindirgichdan nam (xom) cho'kmalar olinadi, ikkinchi tindirgichdan esa faol loyqa olinadi. Bu cho'kmalar tarkibi va fizikaviy hamda kimyoviy xossalari jihatidan biri ikkinchisidan farq qiladi. Nam (xom) cho'kma – bu 6-7 xil moddalardan tarkib topgan suvli suspenziya bo'lib, 75% ni organik moddalar tashkil etadi. Faol loyqa esa 99% namlikdan va 1m3 suvda 160 g biomassadan iboratdir. Oqava suvlarni tozalash paytida hosil bo'lgan cho'kmalarni zararsizlantirish maqsadida ularni maxsus o'choqlarda kuydirib kukunga aylantiriladi. Ko'pgina holatlarda ushbu chiqindilardan organomineral o'g`itlar olinadi va qishloq xo'jaligida ishlatiladi.28 Uchinchi guruhdagi chiqindilarga ishlatish muhlatini o'tab bo'lgan, eskirgan, qo'llashga yaroqsiz holatga kelib qolgan plastmassalar, rezinalar va ulardan tayyorlangan plyonkalar, tolalar, o'y-ro'zg`or buyumlari, metallar va ularning qotishmalari va boshqa shunga o'xshash materiallar kiradi. Ularni qayta ishlab turli xil mahsulotlar olish mumkin. Ushbu muammoning ekologik va iqtisodiy tomonlarini inobatga olib, unga batafsilroq to'xtalib o'tamiz. Hozirgi paytda Er aholisi, ishlab chiqarish mahsulotlari va sanoat chiqindilari eksponenstial qonun yuzasidan ko'payib bormoqda. Inson faoliyati bilan bog`liq atrofmuhitni ifloslantiruvchi chiqindilar Er aholisinint o'sishiga nisbatan tezroq ko'payib bormoqda. Masalan, yiliga Yaponiya Z5 mln t., Rossiya 70 mln t. va AQSh 210 mln t. chiqindilarni chiqarib tashlamoqda. Jahon bo'yicha uy-ro'zg`or chiqindilarining miqdori qariyb 3% ni, ba'zi bir mamlakatlarda esa bu raqam 10% ni tashkil etmoqda. Axlatxonalarda yig`ilayotgan chiqindilarning 10% ni qog`oz va karton, 3% ni esa shisha chiqindilari tashkil etmoqda. Moskvada yiliga Z mln t. qattik chiqindilar to'planib, ularning 80% ni uy-ro'zg`or chiqindilari tashkil etadi. Demak, har bir moskvalik fuqaroga yiliga 270 kg uy-ro'zg`or axlatlari to'g`ri keladi. Moskvadan kuniga qariyb 8500 t. axlat chiqariladi, bu esa Nyu-Yorkka nisbatan 3 marotaba kamroqdir. Uchinchi guruhdagi chiqindilar qatoriga eskirgan, ishlatish muhlatlari o'tab bo'lgan, qo'llashga yaroqsiz holatga kelib qolgan avtotransport vositalari va shunga o'xshash qurilmalar hamda asbob-uskunalar ham kiradi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda 286 va 386 tamg`ali kompyuterlarni qayta tiklash o'rniga, ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga sotib, katta foyda ko'rmoqdalar. Chunki ularni qayta tiklash yoki ishlov berish jarayoni katta energiya va mablag`ni talab etadi.29 Uy-ro'zg`or chiqindilari guruhiga karton, qog`oz, o'rash qog`ozlari, qishloq xo'jalik chiqindilari, kommunal va oziq-ovqat chiqindilari kiradi. Shaharlardan chiqariladigan qattiq chiqindilarning asosiy qismi (37%) ni qog`oz va karton tashkil etmoqda. Hozirgi paytda shunday bir noto'g`ri g`oya mavjudki, go'yo “qog`oz mahsulotlari tez parchalanadigan maxsulot” ekan. Qog`ozning parchalanishini tezlashtiradigan omillardan biri - bu suvdir. Ammo amalda axlatxonalarda suv quyilmaydi, chunki suv metan (SN4) gazini hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Qog`oz esa yillar davomida axlatxonalarda chirib yotadi. Miqdor jihatidan ikkinchi o'rinda oshxona chiqindilari turadi. Qattiq uy-ro'zg`or chiqindilarining 5% ni sun'iy va sintetik materiallar (polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, organik shisha va ulardan tayyorlangan plyonkalar, tolalar, o'rash plyonkalari va boshqa buyumlar) tashkil etadi. Plastiklarning ko'pgina turlari restirkulyastiya qilinmaydi va mikroorganizmlar ta'sirida parchalanmaydi. Uy-ro'zg`or chiqindilarining 3% ni metallar va shisha mahsulotlari tashkil etadi. Yog`och parchalari, suyak va toshlar 1-2% ni tashkil etadi, ammo sintetik mato va gazlamalar 5% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, xom-ashyoni qazib olishda hosil bo'ladigan axlatlar alohida guruhni tashkil etsa, ishlatish muhlatlari o'tab bo'lgan yadroviy yoqilg`ilar chiqindisi alohida guruxni tashkil etadi. Ma'lumki, elektr energiyasini ishlab Chiqarish uchun xom-ashyolar (gaz, neft, ko'mir va b.) ni qazib olish va ularni qayta ishlashdan chiqindilar paydo bo'ladi. Ularning tarkibida radioaktiv va zaharli chiqindilar bo'lishi tabiiy. Ular esa inson sog`ligi va atrof-muhit uchun nihoyatda xavfli hisoblanadi. Shuni xam alohida ta'kidlash joizki, oxirgi 5-10 yil ichida ilmiy jurnallarda axlatlarning yangi bir turi-kosmik axlatlar haqida fikrlar aytilmoqda. Darhaqiqat, fazoga chiqgan astronavtlar u yoki bu materialni behosdan qo'ldan tushirib30 yuborishlari mumkin. Bu materiallar (ombir, qo'lqop, o'tkazgichlar, bolt, gayka, shurub va b.) katta tezlik bilan uchayotgan kosmik stanstiyaga urilib, kosmik kemani halokatga uchratilishi mumkin. Shuning uchun yaqinda Xalqaro kosmik stanstiyasi o'z orbitasidan boshqa orbitaga ko'chirildi. Jaxon miqyosida bunday falokatlar 4 marotaba kuzatilgan. Bundan tashqari, oxirgi yillarda nafaqat fazo, balki okeanlar ham “Xalqaro axlatxona” ga aylantirildi. Masalan, yaqinda og`irligi 150 tonna bo'lgan “Mir” kosmik stanstiyasi ishlash muhlatini o'tab bo'lgandan keyin Tinch okeanida cho'ktirildi. Ma'lumotlarga qaraganda,yer orbitasidagi barcha chiqindilarning 95% ni ishdan chiqqan sun'iy yo'ldoshlar, astronavtlarning qo'lqoplari va shunga o'xshagan axlatlar tashkil etmoqda. “Kosmik axlatlar” ning 75% Rossiya ulushiga to'g`ri keladi. Bunday axlatlar nafaqat yer aholisi uchun, balki fazoda ishlayotgan barcha kosmik kemalar, sun'iy yo'ldoshlar hamda shatllar uchun ham katta xavf tug`diradi. Taniqli olim va fantast - yozuvchi Artur Klark so'zlari bilan ayttanda “qattiq chiqindilar - bu shunday xom-ashyoki, biz nuqul nodonligimiz tufayli ishlatmaymiz!”. Sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar va axlatlarning zararsizlantirish eng katta ekologik muammo bo'lib qolmoqda. Ularni zararsizlantirishning yagona, ammo uncha samarali bo'lmagan usullaridan biri - ularni ko'mib tashlash hisoblanadi. Bu usul nihoyatda eski va keng tarqalgan bo'lib, dunyo mamlakatlari aynan mana shu usuldan foydalanib kelmoqdalar. Masalan, Buyuk Britaniyada 90% , AQSh da 84%, Yaponiya da esa 57% axlatlar axlatxonalarda samarasiz chirib yotadi. Umuman olganda jahon miqyosida chiqindilarning o'rtacha 74% axlatxonalarda chiriydi. Ideal axlatxona - bu murakkab muhandislik inshootlarining majmuasi bo'lib, uning tubi polietilen bilan qoplanadi. Axlatlarning har bir qavati bosim ostida zichlantiriladi, uning ustida 1 qavat tuproq, keyin loy yotqizilib, yana plyonka bilan usti yopiladi. Axlatxonaning tagidan oqib keladigan suyuqliklarni yig`ib olib, qayta31 ishlab Chiqarishga yuboriladi. Axlatxona maydoni axlatlar bilan to'lganda uni tuproq bilan yopib, loy yotqiziladi va unda o'simliklar o'stiriladi. Hatto AQSh va Angliyada bunday joylarda golf o'ynaydigan maydonchalar yaratilgan. Faqat Moskva shaxrining o'zida 90 ta umuman jihozlanmagan axlatxonalar mavjud bo'lib, ularning umumiy maydoni 300 gektarni tashkil etadi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar va axlatlarning zararsizlantirishning ikkinchi usuli - ularni kuydirish hisoblanadi. Hozirgi paytda Franstiyada 35% va Yaponiyada 40% axlatlar kuydiriladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, axlatlarni kuydirish usulining ikkita afzalligi mavjud: birinchidan, kuydirilganda axlatlarning hajmi 2-10 marotabagacha kichiklashadi; ikkinchidan, axlatlarni kuydirish paytida ajralib chiqgan issiqlikdan foydalanish mumkin. Ammo bu usulning kamchiligi shundan iboratki, kuydirishdan keyin paydo bo'lgan kukun tarkibida zaharli moddalar ham bo'ladi. Xususan sintetik materiallarni kuydirish paytida kuchli mutagenlar va kansterogenlar hisoblangan dioksinlar va kuchli zaharli moddalar ajralib chiqadi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga qaraganda, 6-10 g dioksin insoning halokatiga uchratish qobiliyatiga ega. Yuqorida bayon etilgan har ikkala usul (axlatlarni ko'mish va kuydirish yo'li bilan zararsizlantirish), 80 chi yillarda AQSh da sinab ko'rildi. Ma'lum bo'lishicha, axlat yondiruvchi zavodni qurish uchun alohida maydonni topish, axlatxona maydonini topishdan oson emas ekan. Bundan tashqari, axlatlarning yondirish tannarxi ularning ko'mishga sarflanadigan xarajatlardan kam emas. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, oxirgi yillarda uy-ro'zg`or axlatlarini zararsizlantirish va ulardan unumli foydalanish maqsadida nisbatan yangi va samarali hisoblangan biotexnologik ishlab Chiqarish usuli qo`llanilmoqda. Lekin ushbu usul32 nihoyatda kam tarqalgandir. Chunki axlatlarga ishlov berishdan oldin, ularni navlarga ajratish lozim bo'ladi. Bu esa katta mablag`ni talab qiladi. Biotexnologiyaning mohiyati shundan iboratki, chiqindilar mikroorganizmlar ta'sirida parchalanadi. Natijada hosil bo'lgan kompost engil o'g`it sifatida qo`llaniladii. Ammo uning tarkibida tuproqni ifloslantiruvchi qalay va mis mavjud. Bu usul katta mablag`ni talab qiladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, chiqindilarga ikkinchi marotaba ishlov berish va ulardan samarali foydalanish – “yashillar” ning eng xush ko'radigan ishlaridir, chunki chiqindilardan yoqilg`i yoki dastlabki xom-ashyo sifatida qo'llash mumkin. Masalan, plastmassa idishlardan qayta qo'llash natijasida organik xom-ashyo hisoblanadigan polimer mahsulotini tejash mumkin, elektr energiyasi kam sarf bo'ladi, demak bunday “chiqindilar” dan katta iqtisodiy foyda ko'rish mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, 1mln t. qog`oz chiqindilari (makalaturasi) 60 gektar daraxtzorlarni kesishdan saqlaydi, ishlatilgan plastmassa esa panjara yoki devor yasashda nihoyatda kerakli xom-ashyo bo'ladi. Hozirgi vaqtda Yaponiyada faqat ikkilamchi xom ashyo hisobiga 65% davriy matbuot (ro'znoma va oynomalar) nashr qilinyapti. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda chiqindilar va axlatlar bilan shug`ullanish ularning iqtisodiyotini yangi tarmog`iga aylanib qoldi. Chunki, birinchidan, chiqindilardan ikkinchi marotaba qo'llash natijasida xom-ashyo tejaladi, ikkinchidan, katta iqtisodiy foyda ko'rish mumkin. Shuning uchun chiqindilardan qayta foydalanish bozori nihoyatda kengayib, hatto xususiy transmilliy kompaniyalarni o'ziga jalb etmoqda. Bu kompaniyalar yirik aholi punktlaridan uzoqqa joylashgan bo'sh va arzon joylarga yirik zavodlarni kurib, chiqindilarga ishlov berib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarayaptilar va katta iqtisodiy daromadga ega bo'layaptilar. Faqat Olmoniyada yiliga 40 mlrd dollar chiqindilar hisobiga daromad qilinadi. Mahsulotlarni o'rash sanoatida tovar ayirboshlash yiliga 48 mlrd nemis markasini tashkil etadi. Bir marotaba ishlatiladigan mahsulotlarning bozori kun sayin kengayib33 bormoqda. Bir tonna chiqindilarni yondirib 5 ming m3 dan ko'proq gazsimon chiqindilar hosil bo'ladi. Ularning tarkibida zaharli moddalar (masalan, dioksinlar) nihoyatda ko'p bo'ladi. Olmoniya sanoatida yiliga 15 mln t. xavflilik darajasi yuqori bo'lgan zaharli chiqindilar (lok quykumlari, kimyoviy moddalar, bo'yoq chiqindilari, changlar, erituvchi moddalar, filtrlardan chikadigan chiqindilar va boshqalar ) paydo bo'ladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, yiliga er aholisining odam boshiga 1 tonna ishlab Chiqarish va uy-ro'zg`or chiqindilari to'g`ri keladi. Toshkent viloyatida esa bu ko'rsatkich 2 barobar ko'pdir. Hozirgi paytda faqat Olmaliq kimyo zavodida 60 mln tonnadan ko'proq chiqindilar yig`ilib qolgan. Ulardan qayta ishlashga hammasi bo'lib 1% sarflanadi, xolos.
Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin