Ikkinchi mashg’ulot mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari (2 soat)



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə12/13
tarix23.02.2023
ölçüsü35,15 Kb.
#85298
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-seminar KP

Texnik qobiliyatlar deganda-murakkab intellektual qobiliyatlar tushuniladi. Bu qobiliyatlar o`z ichiga keng tasavvurlar, texnik salohiyat va sensomotor malakalarini qamrab oladi. Texnik qobiliyatlar testi-injenerlar, mexaniklarni kasbiy tanlovida keng doirada qo`llaniladi. Bu borada A.A.Beknet va Minnesotskiy testlari keng tarqalgan3.
Maxsus qobiliyatlarning so`nggi guruhiga A.Anastazi kasbiylashgan qobiliyatlarni kiritadi. Ularni o`lchash uchun tuzilgan testlar faoliyatning ma`lum kasb sohasida shakllantiriladi. AQShda Minnisota shtatida kanselyariya testi keng ommalashgan bo`lib, tartibni qabul qilish tezligi, ishbilarmonlik atamalar ro`yxatini bilishi, eshitishi, xabardorlik, savodxonlik chiroyli nutqqa egalik kabi qobiliyatlarni aniqlab beradi.
Kasbiylashgan qobiliyatlarga shuningdek, badiiy, musiqaviy, tadqiqiy konstruktorlik, ishbilarmonlik, ijtimoiy va ijrochilik qobiliyatlari kiradi. Yutuqlar testi sinovdagilarning ma`lum bilim, ko`nikma va malakalarini egallanganlik darajasini aniqlab beradi. Iqtidor testlaridan farqli ravishda ular maxsus ta`lim dasturlarining kasbiy tayyorgarlikning ma`lum samaradorligiga, kasb egallashga bo`lgan ta`sirini o`lchaydi. Boshqacha qilib aytganda, yutuqlar testi asosan individning ta`lim yakunidagi so`nggi muvaffaqiyatlarini baholashga yo`naltirilgan.
Insonlarda yutuqlar testining 3 ta shaklini qo`llashadi: harakat testlari, yozma va og`zaki testlar. Bu testlarda aniq kasbiy faoliyatda eng muhim bo`lgan bir qator topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Harakat testlari idoraviy kasblarda (texnik kotiba, mashinistka, stenografist va hokazolarda) keng qo`llaniladi. Yutuqlarning yozma testlari maxsus bilimlar ya`ni, savodxonlik uchun muhim bo`lgan kasblarda ishlatiladi. Mazkur testlar asosiy tushunchalar, mavzulardagi sinfiy belgilar, texnik tavsiflar, formulalarni o`rganilganligini o`lchashga yo`naltirgan. Standartlashgan baholash shakli ob`ektiv harakatga ega bo`lib, guruhiy ishlashga imkon beradi va ko`p vaqtni talab etmaydi. Kasbiy yutuqlarning og`zaki testlari-maxsus kasbiy bilimlarga tegishli bo`lgan standartlashgan savollar seriyasidan iborat. Savollar kasbiy faoliyatni tahlil etish, malakali ishchilarni kuzatish va har qaysi savolning muhimliligi asosida tanlanadi. Yutuqlar testlarini kasbiy salohiyatni baholash maqsadida qo`llanishi AQShda psixologlar attestasiyasi tajribasidan ko`rish mumkin. Psixologlikka imtihon topshirish uchun nomzodlar universitetning psixolog ma`lumotiga ega bo`lishlari va diplomli psixolog sifatida 2 yil ishlagan bo`lishlari shart. Imtihon ikki qismdan iborat. Yettita faoliyat sohasi bo`yicha 100 ta topshiriqni bajarish: klinik psixologik, rivojlanish psixologiyasi, umumiy eksperimental psixologiya, test va statistik tahlil, ijtimoiy psixologiya va psixologik konsultatsiya.

Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin