7-bob. Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo‘llashning
mazmun va moxiyati yoritib beriladi.
Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar)
O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid
Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va
samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini
belgilaydilar.
Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:
maqsadli
– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining
rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
mazmunli –
bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar
shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
tashkiliy
– bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va
tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun
tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z
ichiga oluvchi bo‘lim.
Dostları ilə paylaş: |