Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5
th
November, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
100 |
P a g e
minoralarni quradi. Ikki yoshga borib bolalar yuradi, yuguradi, baland bo`lmagan
tepalikka chiqadi va tusha oladi. O`zining harakatlanish yo`nalishini o`zgartiradi va
yuguradi. Zinadan mustaqil ko`tariladi va pastga tushadi. Ikki oyog`ida sakraydi va
kichik ariqcha, ko`lmakcha (eni 20-25 sм) ustidan hatlab o`tadi. To`siqlar ustidan
sakrab o`tadi, kichik narsalar ustidan tez yugurib yoki sakrab o`ta boshlaydi.
Ilk yoshdagi bolalar uchun ta`lim berishning eng samarali usuli bu didaktik o`yinlar
hisoblanadi. Oilada o`yinlar asosan ota-onaning bo`sh vaqtlarida tashkil etilishi
mumkin. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo`lgan bola uy va yovvoyi hayvonlar, idish-
tovoqlar, transport turlari rasmlarni uzoq kuzatishlari mumkin, ular kattalar hatti
harakatlarini qiziqish bilan kuzatadilar.
Ilk yoshdan boshlab bolalar bilan shug`ullanish tavsiya etiladi. Ilk yosh guruh
bolalariga matematik bilimlar berilmaydi, lekin matematik tasavvurlarni nutq
o’stirish, sensor tarbiya, qurish-yasash, rasm va loy ishi mashg’ulotlarida o’stirib
borish mumkin. Masalan: nutq o’stirishda bo’g’irsoqning shar shaklida ekanligi,
qurish-yasashda keng va tor yo’lakchalar, uzun –qisqa tasmachalar , katta-kichik
matryo’shkalar; rasmda quyoshni, bo’g’irsoqni, likopchani dum-dumaloq qilib
chizishlari; loy ishida somsa uchburchak shaklda, pechenye kvadrat va doira
shaklida bo’lishini tushuntiriladi.
Bolalarning qiziqishlarini o`stirish uchun ularni tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar
bilan tanishtirish, kerakli bilim va tushunchalarni berish, ko`rsatish, ular lug`atini
yangi so`zlarga boyitishimiz kerak.
Bir qancha hollarda, masalan, fazoni bilish ko'nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib
boriladigan ishlarda o'yinlar asosida o'quv vazifasini bajaradi.
Mashg'ulotlarning mazmuni ularni o'tkazishning qanday tashkil etilishini belgilab berishi
lozim.
Yangi materialni tushuntirayotganda tarbiyachi yoki bolaning hatti harakatini hamma
bolalar ko'rib turishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Keyinchalik bilim ko'nikmalarini
mustahkamlash uchun hamma bolalarga bir vaqtda topshiriq beriladi. Ular stol yonida
tarbiyachiga qarab yoki unga sal surilibroq o`tirishlari zarur, ammo unga aslo orqa qilib
o'tirmasliklari kerak, chunki tarbiyachi topshiriqning bajarilishi tekshirayotganida doimo
bolalar diqqatini namuna, turli hil ko'rsatma qurollariga jalb etib turishi lozim.
Mashg`ulot jarayonida ko`rgazmalar, shulardan didaktik o`yinchoqlar bilan
o`tkaziladigan mashg`ulotlar bolalarning bilish faolligini rivojlantiradi.