Yoshlar orasida ishsizlar soni ortishi, bo’sh vaqtini har xil nomaqbul ishlarga sarflashi, erta ajrimining ko’p bo’layotganining asosiy sababi o’z huquqlari va imkoniyatlarini bilmasligida.
Yoshlarga o’z imkoniyatlar va huquqlarini bildirib borish bo’yicha seminar-treninglar tashkil qilishni, zamonaviy kasblarni o’rgatib ularning bo’sh vaqtini, qolaversa, ishsiz holatini biroz bo’lsada keskin kamayishiga olib keluvchi yagona tizimli dastur qilishni, erta ajrim holatlarni kamaytirishni ilgari surmoqchiman.
Taklifni amalga oshirish MEXANIZMI
O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid qonun, qaror, farmoyishlarni Qonunchilik palatasi deputatlari yoki senatorlar tomonidan yoshlarga seminar-treninglar asosida tanishtirishni tashkil qilinib, atroflicha yoshlar bilan muloqotda bo’linadi.
Taklifni amalga oshirish MEXANIZMI
Nikoh qurayotgan yosh oilalarga shunchaki ma’lumot beribgina qolmay, balki bo’lajak kelin-kuyovga huquqiy, psixologik, tibbiy huquq va majburiyatlarini batafsil tushuntirish. Buning uchun yagona shtat tashkil qilinib, yuqori malakaga ega mutaxassislar bilan oila qurmoqchi bo’lgan yoshlar mahalliy poliklinikalarda muntazam targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishini keng yo’lga qo’yish.
“Aholi bandligi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qoninga asosan, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida, zamonaviy kasblarni o’rgatib ularni yagona dasturiy tizimga kiritiladi.
Mazkur seminar-trening asosida viloyatimizdagi yoshlarni huquqlari va imkoniyatlarini bilib olishadi qolaversa, deputatlar va senatorlar bilan muloqotda bo’lib o’zlarini qiynagan savollariga javob olishadi.
Dasturiy tizim yaratilgach, yoshlar shtatsiz ishchi (freelancer) sifatida mahalliy hudud tadbirkorlari bilan hamkorlikda ishlashlari mumkin bo’ladi.
Nikoh qurayotgan yoshlarga batafsil huquq va majburiyatlar tushuntirilishi, erta turmushni oldini olishi va oiladagi mojaro kelib chiqmay, ajrim holati sodir bo’lmasligiga olib keladi.